Google kompaniyasi Android opertsion tizimning ishlash samaradorligini ko`tarmoqchi. Korporatsiya Dalvik virtual mashinasi bilan foydalanishni to`xtatib va uning o`rniga ART qo`ymoqchilar. Bu esa o`z vaqtida ilovalarning ishlash tezligi va barqarorlikni oshiradi hamda energiya tejamli bo`ladi.
Virtual mashina Dalvik ilovaning kompilyatsiyani (to`plash jarayoni) “havoda” qiladi, ammo ART (Android Runtime) kampelyatsiya o`rnatish davomida taqdim etadi, bu esa moslama ishga tushgan vaqtda protsessorga og`irlikni bermaydi, hamda programmalarning tezligini va barqarorligini oshiradi.
Oldinroq korporatsiya ART ni eksperimental tajriba uchun Android 4.4 KitKat ga kiritgan. Biroq Google ning keyingi operatsion tizimida u avtomatik holatda ishlaydi.
Tahminan, qidiruv gigantining navbatdagi mobil platforma versiyasi Android 4.5 nomiga savozor bo`lishi mumkin, ammo ko`pchilikning fikriga ko`ra Google bu versiyaga Android 5.0 deb nom qo`yishi mumkin. Mazkur yangilikni Google I/O ishlab chiqaruvchilar yillik anjumanida taqdim etilishi kutilmoqda.