Apple yangi Mac Pro’ni taqdim etdi: 1.5 TB xotira, 28 yadroli protsessor va 5999 $ narx

Apple yangi Mac Pro’ni taqdim etdi: 1.5 TB xotira, 28 yadroli protsessor va 5999 $ narx

Yuqori darajali konfiguratsiya 28 yadroli Intel Xeon CPU, 12 modul (olti kanal) shaklida 1.5 TB xotira, to’rttagacha Radeon Pro Vega II va 4 TB SSD xotira, hamda 1.4 kilovatt quvvat manbaiga ega.

Apple ishlab chiquvchilar uchun WWDC konferensiyaning birinchi kunida yangi professional Mac Pro PC’ni taqdim etdi.

Kompyuter modulli tuzilish va g’aroyib dizaynga ega bo’ldi: zanglamaydigan po’lat va alyuminiy.

Asosiy konfiguratsiya 4 GGs chastotaga ega 8 yadroli Xeon W CPU, 32 Gb xotira, 256 Gb SSD xotira va Radeon Pro 580X video kartasi mavjud.

Yuqori darajali konfiguratsiya 28 yadroli Intel Xeon CPU, 12 modul (olti kanal) shaklida 1.5 TB xotira, to’rttagacha Radeon Pro Vega II va 4 TB SSD xotira, hamda 1.4 kilovatt quvvat manbaiga ega.

Bunday kompyuter yordamida bir vaqtning o’zida har biri 8K o’lchamda uchta oqim hosil qilish mumkin. Bundan tashqari, video bilan tezkor ishlash uchun maxsus Afterburner kartasi ham mavjud.

Sovutish tizimi 6 ventilyator va suv bug’lanish tizimidan iborat. 8 ta PCIe kengaytiriladigan uya, Thunderbolt 3 xususiyatlariga ega 2 ta USB Type-C porti, 2 ta UCB-A 3.0 porti va hatto quloqchinlar uchun 3.5 mm joy bilan jihozlangan.

O’lchamlari 529×450×218 mm, vazni — 18 kg gacha. Shuning uchun, kompyuterni tashish uchun g’ildirakli maxsus taglik mavjud.

Asosiy versiya 5,999 $ni tashkil etadi, ammo yuqori darajadagi konfiguratsiyaning narxi ma’lum qilinmadi. Qurilma kuz faslida sotuvga chiqariladi.

 

Manba: Spot.uz

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social