Dunyodagi eng kuchli smartfon?

Dunyodagi eng kuchli smartfon?

“Antutu” mobil dastur ishlab chiqaruvchilar dunyodagi eng samarali smartfonlarning yangi reytingini e’lon qildi. Eng qizig’i shundaki, yangi Samsung Galaxy S8 va S8+ birinchi o’rinda turgan iPhone 7 Plus dan o’tib keta olmadi.

Apple ning “Katta” flagmani bir necha oy davomida Antutu reytingida 177 ming ball hisobi bilan yetakchilikni egallab turibdi. Yangi Samsung smartfonlari deyarli bir xil natijalarni ko’rsatdi (172,6 ming ball bir necha son farq bilan).

iPhone 7 Plus va Samsung flagmanlaridan keyin reytingning to’rtinchi o’rinida iPhone 7 joylashgan va moslama deyarli 171 ming ochko to’plagan.

O’ninchi o’rindan tashqari boshqa o’rinlarni Xitoy smartfonlari – OnePlus 3T, LeEco Le Pro 3, OnePlus 3, LeEco Le Max 2 va ZTE AXON 7 egallagan. O’ninchi o’rinda esa Asus ZenFone 3 smartfoni joy olgan.

Manba: Rambler
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social