U orqa tarafdan Mi Note 10’ga o‘xshaydi.
Xiaomi yangi flagmanining ekran ichiga o‘rnatiluvchi selfi-kameraga ega bo‘lishi haqidagi mish-mishlar o‘z tasdig‘ini topdi — internetda tarqatilgan suratlarda Mi 10 Pro 5G har tomondan namoyish etildi.
Asosiy variant Mi 10 yakka selfi-kamera bilan jihozlangan bo‘lsa, demak Pro talqinida ular ikkita bo‘lishi kerak. Dizaynga ko‘ra, asosiy fotomodul turli xil sensorlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Mish-mishlarda aytilishicha, asosiy datchik 108 megapiksel imkoniyatga ega.
Umumiy dizayn Xiaomi flagmanlari seriyasi uchun odatiy ko‘rinishni saqlab qoladi — model hatto Mi Note 10’ga o‘xshash bo‘ladi. Quloqchin uchun tirqich, katta ehtimolga ko‘ra, g‘oyib bo‘ladi. To‘plam 65 Vt kuchlanishli adapter bilan ta’minlanadi, bu ko‘plab zamonaviy ultrabuklarni zaryad qilish uchun mos keladi.
Xiaomi Mi 10 Pro, shuningdek, yangilanish tezligi 120 Gs gacha bo‘lgan OLED displeyi, 5G modemli Snapdragon 865 protsessor va 5000 mA·s sig‘imga ega akkumulyatorga ega. Flagman 11 fevral kuni taqdim qilinishi kerak va sotuvlar 14 fevraldan boshlanishi mumkin.