Eye – Android smartfon tizimi asosidagi iPhone uchun g’ilof

Eye – Android smartfon tizimi asosidagi iPhone uchun g’ilof

“Kickstarter”da yangi loyiha mashhurlik qozonmoqda: ESTI kompaniyasi Eye g’ilof ishlab chiqarish uchun mablag’ qidirmoqda. Mazkur g’ilof iPhonega yana bitta Androidda ishlaydigan smartfonni qo’shib qo’yishga imkoniyat beradi.

G’ilofga o’rnatilgan smartfon munosib xususiyatlarga ega bo’ladi:

– Ekran: 5 dyum, AMOLED, FullHD, o’chirilgan ekranda Always On xabarnomalar xususiyati

– Kamera: Faqat old tomonda

– Akkumulyator: 2800 mA

– Modullar va slotlar: NFC, 3,5 millimetrli audio chiqish, 2 SIM-karta, IK port, xotira karta joyi, simsiz zaryadlash.

– Operatsion tizim: Android 7.1

Eye g’ilof iPhone 6, 6s va 7 (shu jumladan, Plus modellari uchun ham) uchun mo’ljallangan. iPhone ning navbatdagi avlodlari uchun ESTI bu g’ilofni boshqa yangi moslamalar uchun moslashtiradi.

3

Eye g’ilof o’rnatilgan samrtfonning birinchi xaridorlar uchun 95 yoki 129 dollar evaziga sotiladi. ESTI o’z moslamasini 2017-yilning avgust yoki sentyabr oylarida yetkazib berishni boshlamoqchi.

Bunday g’alati moslamaning kamchiliklaridan biri qalinligi va og’irligi bo’lishi mumkin. Moslama uch yuz gramm vaznga yaqin bo’ladi, keyin uzoq vaqt davomida qo’lda ushlash qiyin bo’ladi – o’qish yoki o’yinlar vaqtida mushaklarni charchatadi. Shubhasiz, bunday holatda iPhone g’ayrioddiy qarash bilan boshqalarning e’tiborini jalb qiladi. Lekin ikki smartfon ko’tarib yurib va kerakligini olib ishlatish osonroq emasmi?

Manba: iguides.ru

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social