AQShning “Advance Robotix” kompaniyasi yangi dronni yaratdi, uning komplektiga maxsus virtual real ko`zoynaklark kiradi. Uning yordamida dronni boshqaradigan inson jonli efirda uchar apparatdan videoni ko`ra oladi.
Drondagi kamera aylanma ko`rinishiga ega va boshni burish bilan boshqarish mumkin. Boshqarish datchiklar yordamida amalga oshiriladi: ular operatorning bosh harakatlarini kuzatib va olingan ma`lumotlarni kamera mexanizmga jo`natadi.
FLYBi videoni 1080p sifatida oladi va vazni 1 kilogramm. Moslama xavoda 25 daqiqa va operatordan 2 kilometr uzoqlikda bo`lishi mumkin. O`rnatilgan ul`tra datchiklar esa FLYBi ni urilishlardan saqlaydi.
Advance Robotix ning moslamasi yana smartfon yordamida, hamda ko`lga kiyiladigan maxsus boshqarish pul`t bilan boshqarish mumkin. FLYBi belgilangan marshrut bo`yicha harkatlanishi, hamda operator orqasidan yurishi mumkin.
Shuningdek, dronning yana o`ziga hos jixati o`rnatilgan avtomat akkumulyator almashtiradigan mexanizmidir.
Manba: naked-science.ru