Google Assistant rus tilida gapira boshladi

Google Assistant rus tilida gapira boshladi

Rus tili “Google Assistant” ovozli maslahatchisini “tushunadigan” o’n birinchi tilga aylandi. Mazkur dastur 2018-yilda italian, ispan, golland va hind tillarini o’rgangan. Joriy yilda jami 17 ta tilni joriy etish rejalashtirilgan. Dastlab ingliz, fransuz, nemis, portugal, koreys va yaponcha tillar mavjud edi.

Google Assistant yordamchisi rus tilidagi versiyasida ob-havo va yangiliklar haqida sizga ma’lumot beradi, qo’ng’iroq qilishingizga va marshrut yaratishga yordam beradi. Ba’zi hududlarda ba’zi imkoniyatlar hali ham mavjud emas. Ularning kiritilishi asta-sekin amalga oshiriladi.

Rus tilida Google Assistant Android-ga (versiya Lollipop va yangisi) va iOS qurilmalariga o’rnatilishi mumkin. Biroq Assistant asta-sekin rus tilini o’rganyapti va barcha foydalanuvchilar uchun rus tilida gaplashadigan variantlar mavjud emas.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Yaxshi maʼlumot

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social