Google kompaniyasidan yangi “aqlli” pochta xizmati Gmail blogida e`lon qilindi.
Inbox pochta xizmatining muxim hususiyati – bu interfeysdir ya`ni yangi interfeys barcha kelgan xatlarni ochmasdan va eng asosiylarigina e`tiboringizni qaratadi. Muhim ma`lumotlar xizmat ilovalari tufayli asosiy ekranda ko`rsatiladi, yana ushbu xizmat xatlarni manzil va ichidagi ma`lumotlarga ko`ra guruhlarga ajratadi.
Gmail da ham shunga o`xshash funktsiyalar mavjud (papkalar «Promo-aktsiya», «Ijtimoiy Tarmoq»), biroq Inbox yangi bo`limlarni qo`shdi: sotuvlar va etkazib berish haqida ogohlantirishlar, biletlarni tasdiqlash, muhim insonlar uchun maxsus guruh, ogohlantirish hizmati va xokazo. Inbox da Gmail ga o`xshash ma`lumotlar bazasi ishlatiladi, biroq Inbox xizmati Gmail xizmati bilan o`xshashlik hissini bermaydi.
Inbox xizmati bilan boshlanishda faqatgina taklif qilingan foydalanuvchilar ishlatishlari mumkin. Taklifni inbox@google.com orqali olish lozim.
Xozirgi vaqtda pochta xizmati faqatgina iOS va Android uchun mavjud.