Endilkda iPhone, Nokia va Samsung ishlab chiqaruvchilari hushyor bo`lmoqlari lozim. Buning sababi Gollandiyalik dizayner Deyv Xakkens har qanday mijozning talabini qondiruvchi Phonebloks smartfonni kashf qildi. Ushbu loyihani Google ga tegishli Motorola o`z zimmasiga oladi.
Gollandiyalik dizayner Deyv Xakkens ushbu qurilmani yangi tamoyilini taklif qildi. Phonebloks smartfoni umumiy platasi bilan ulangan bir necha almashtirilishi mumkin bo`lgan bloklardan iborat. Ushbu loyiha Project Ara nomiga sazovor bo`ladi.
Shunday qilib, smartfonni har qanday foydalanuvchining xohishiga qarab sozlash mumkin bo`ladi. Fotosuratchilar tez-tez kameralarni, doimo ekran bo`zadiganlar, – ekran bloklarni yangilashlari mumkin bo`ladi, qisqasi, foydalanuvchilar pulni tejashlari mumkin bo`ladi va telefonlarning yangi modelarni emas, balki oddiygina bo`lgan moslamani yangilash imkoniyatiga ega bo`lishadi.
Smartfon Android platforma ostida ishlaydi. Bir nechta oydan so`ng Motorola ushbu yangi qurilmani ishlab chiqarishga boshqa kompaniyalarning mutaxassislarni jalb qilmoqchi.
Deyv Xakkening fikricha ushbu moslama uchun bloklarni xar xil kompaniyalar ishlab chiqarishlari mumkin bo`ladi, shunday qilib umumiy plataga Sony kameralarni va Samsung ekranlarni o`rnatsa bo`ladi.
бу хакикий революция булади, фазо ижодкордари рахмат, шунака янгилиладан хабардор киб турила
qoyil lekin, bunaqasini kutmagandim
xa qiziq buladi, lekin manimcha iphonelardan utolmidi!!!
kimga kere shunday telefon? shaxsan men olmasdim!