Corning kompaniyasi rasmiy ravishda Gorilla Glass 6 shishalik oynani e’lon qildi va bu “butunlay yangi material” deb nomlagan. Unda o’n yillik rivojlanish tajribasi va barcha ilg’or yechimlar qamrab olingan. Mazkur oynaning beshinchi avlod oynadan asosiy farqi – yuqori zarba qarshiligidir.
Tadqiqot natijalariga ko’ra, insonlar o’rtacha yiliga yetti marta telefonlarini qo’ldan tushirib yuborishadi. Asoson barchasi bir metrdan ortiq bo’lmagan balandlikdan tushib ketar ekan.
Gorilla Glass 6 ning yaratilishida butunlay yangi kimyoviy birikmalardan foydalanilgan, bu esa kompressiya darajasini oshirishga va shishani yanada mustahkam qilishga imkon berdi. Laboratoriya sinovidan o’tib, oltinchi avlodning qamrovi 1 metr balandlikdagi 15 tushishlardan omon qolishi mumkinligini isbotladi. Bu Gorilla Glass 5 dan ikki marta yaxshiroq deganidir.
Ehtimol, bunday shisha bilan dastlabki smartfonlardan biri Samsung Galaxy Note 9 bo’ladi, u avgust oyining boshlarida e’lon qilinadi.