Kambodjalik talabalar uchar stul yaratdi. Bu nima uchun kerak?

Kambodjalik talabalar uchar stul yaratdi. Bu nima uchun kerak?

Kambodjalik talabalar maktab stullaridan uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmasining prototipini yasadi.

Kambodja milliy politexnika instituti (NPIC)da maktab stuliga sakkizta parrak o‘rnatib, uni to‘rt metr balandlikkacha ko‘tarila oladigan uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmasiga aylantirish uchun 20 ming dollar sarflandi. Kelajakda jamoa qurilma ko‘proq yukni tashishi va balandroq uchishi uchun konstruksiyani yaxshilashga umid qilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, drondan o‘t o‘chiruvchilar binolarning yuqori qavatidagi yong‘inlarni o‘chirishda foydalanishi mumkin.

Hozirda qurilma vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan uchuvchini ko‘tarib, taxminan, 10 daqiqa parvoz qilish mumkin, maksimal masofa — 1 kilometr. Gadjetning yaratilishi ustida uch yil mehnat qilingan. Loyiha koronavirus pandemiyasi, shuningdek, parrak va rom qismini xorijdan buyurtma qilishga to‘g‘ri kelgani sabab orada to‘xtab qolgan.

“Dron uchuvchisiz parvoz qilsa, juda kuchli silkinadi, ammo unga o‘tirib uchsam, u ancha barqaror holatga keladi”, — deydi 21 yoshli ixtirochi Lon Vannsit.

Ixtirochilarning rejasiga ko‘ra, qurilma binolarning yuqori qavatlariga qadar uchib, o‘t o‘chiruvchilar havozasi yetmagan joylarda yordam ko‘rsata olishi mumkin.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Hurshid

    rofl rofl rofl rofl rofl rofl rofl rofl rofl rofl rofl qoooyill

  2. Sumayya

    good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social