Microsoft Nokia smartfonlarining yangi brendini havola qildi

Microsoft Nokia smartfonlarining yangi brendini havola qildi

Microsoft rasmiy ravishda Nokia nomidan foydalanmagan holda, yangi smartfonlarni taqdim etadi. Kompaniyaning yangi mobil moslamalari, Nokia blogida aytilganidek, Microsoft Lumia nomi ostida chiqishi mo`ljallangan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Nokia brendi ostida ishlaydigan akkauntlar o`z nomlarini keyinchalik o`zgartiradilar. Microsoft marketingi yuqori vitse-prezidenti Tuula Ritila (Tuula Rytilä) qachon bozorlarda yangi ism ostidagi smartfonlarni chiqishi haqida hech qanday xabar bermagan.

Biroq kompaniya oldin chiqarilgan Nokia Lumia brendi ostida qo`llashni va xizmat yordamini yopmaydi, hamda byudjetli modellarning chiqarilishi davom ettiriladi (masalan Nokia 130).

Ilgari berilgan internet nashrlarning xabarlariga ko`ra, Microsoft o`z reklamasida Nokia va Windows Phone brendlaridan voz kechishi, kelajakda esa ushbu maxsulotlarni ishlab chiqarilishi to`xtashi ta`kidlangan edi. Masalan, kompaniya asta sekin Windows Phone ishlatishni to`xtatmoqda va uning o`rniga Windows ni ishlatmoqda.

Eski nomlardan butunlay voz kechish yangi yil bayramidan so`ng amalga oshishi kutilmoqda.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    natijada butun texnik olam Microsoft ostida buladi, Google esa butun internet olamini oladi! yomon emas!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social