Mobil kompyuterlar allaqachon odamlarning atributiga aylanmay qo`ydi.
Ahir bunday kompyuterlar ko`p joy talab etmaydi va shu yo`sin ofislarda va xonadonlardagi katta kompyuterlar, ya`ni desktoplar o`rnini egallashyapti. Buning oqibatida, ko`pgina odamlar xozirgi kunda, “Qanday kompyuter sotib olsam ekan, desktopmi yoki leptopmi?” degan savolga duch kelishmoqda. Keling, xikoyani boshidayoq sizlarga terminologiyani eslatib o`tsam. Stol ustidagi monitori alohida, “bashnya”si alohida, klaviaturasi alohida bo`lgan kompyuterni ko`pincha desktop deb atashadi. Bizga ma`lum bo`lgan “noutbuk”ni esa, leptop deb atashadi.
Xozirgi paytda portativ kompyuterlarga bo`lgan munosabat shu qadar o`zgarib kettiki, odamlar desktoplarga qaraganda aynan leptoplarni tanlashyapti. Xatto o`sha leptop desktopni o`rini egallab doim bir joyda turishiga qaramasdan ko`pchilik leptop tarafdoridir. Buning sababali ko`p. Masalan, o`rta kattalikdagi leptoplarning xozirda desktoplarga qaraganda narhi unchalik katta emas, undan tashqari bunday leptoplar kundalik talablaringizning ko`pini qondirishga qodir.
Keling, desktop yoki leptop tanlashda ko`pincha vujudga keladigan ba`zi dalillarni ko`rib chiqsak.
Leptoplar qimmatroq turadi.
Bu bor gap. Narhdagi farq borgan sari kamayib borishiga qaramasdan, leptoplar biroz qimmatroq. Boshqa tomondan esa, agar sizda joy kam bo`lsa, uning ustiga kompyuterni o`zingiz bilan ko`tarib yurmoqchi bo`lsangiz, va sizd unchalik katta kuchga ega kompyuterga muxtojlik bo`lmasa, unda besunaqay va qo`pol desktopga qaraganda leptop tanlashingiz o`rinli bo`ladi.
Mobil kompyuterda ishlaydigan odamlar ko`pincha uning noqulay va kichiklashtirilgan klaviaturasiga nisbatan noqulayliklar sezishadi va o`rganib qolingan sichqonchadan voz kechishgan majbur bo`lishadi.
To`g`ri, leptoplardagi klaviaturalar standart klaviaturalarga qaraganda biroz kichkinaroqdir, lekin ularda ishlash noqulay masalasiga kelganda biroz shubha kelib chiqishi mumkin. Boshqa tomondan esa, ko`p leptoplarda bunday muammolarni bartaraf etish maqsadida ularga tashqi klaviatura va sichqoncha ulash imkoinyati bor.
Leptoplarda, xotira kattaligi va xard-disk xajmi cheklangan.
Bu bor gap. Ko`pgina qimmat bo`lmagan leptoplar, desktoplarga qaraganda kamroq hotiraga va xard-disklarida kamroq joyga egalar. Lekin shunda ham, istasangiz, ular uchun qo`shimcha komponentlar sotib olish mumkin.
Leptoplarni yangilash, ya`ni “apgreyd” qilishning imkoni yo`q.
Bu fikrga faqat 50%ga qo`shilaman. Aytib o`tganimizdek, leptoplarga ko`pgina qo`shimcha komponent va qismlar o`rnatib uning tezligini oshirish mumkin. Lekin desktop qismlariga qaraganda, leptop qismlari biroz qimmatroq turadi.
Xo`sh, xulosa qilib aytadigan bo`lsak, leptop va desktop orasidagi farq hozir ham sezilarli darajada ekanini ko`rish mumkin. Nima bo`lmasin, har bir kompyuter ishqibozi, joyning kam yoki ko`pligi, kompyuterning portativligi yoki uning tezligiga oyid masalalrni shahsan o`zi belgilashi kerak.
hali un4alik taniwib 4iqmadimu lekin yaxwiga oxwavotti ajoyib
энди лаптоп замонавий, мен эса асосан десктоп билан фойдаланам, чунки видео монтаж билан ишлиман, ва лаптоп хамма катта программаларни хам қутаролмиди. а так десктопим хам зверь
Leptop rulit! Desktopla faqat serverla yoki mahsus joylada ishlatiladi.