Xitoyning Gionee kompaniyasi yangi yupqa smartfonni tayyorlagan va shu bilan o`zining rekordidan o`tib ketdi. Bu yilning boshida 5,5 mm yupqali Gionee Elife S5.5 smartfon taqdim etilgan edi, yangi Gionee Elife S5.1 nomidagi smartfon yanada yupqadir: uning qalinligi 5,15 mm.
Mish-mishlarga ko`ra ushbu model` ilgari Gionee GN-9005 nomiga sazovor bo`lgan edi. Yangilikning rasmiy taqdim etilishi tez orada bo`lishi kutilmoqda. Ushbu moslama Xitoyda mazkur oyda sotilishi boshlanadi, biroq narxi hozircha aniqlanmagan. Ul`trayupqa Gionee Elife S5.1 smartfoni boshqa bozorlarda paydo bo`lishi yoki bo`lmasliga ham noaniqligicha qolmoqda.
Moslama 720r ruhsatidagi 4,8 dyuym sensorli AMOLED-displeyga ega, 1,2 GGts to`rt yadroli Qualcomm Snapdragon 400 protsessorda asoslangan va Gionee Amigo 2.0 interfeysi bilan birga Android 4.3 operatsion tizim ostida ishlaydi. Operativ xotirasining hajmi 1 GB va o`rnatilgan 16 GB (microSD kartalar orqali oshirish mumkin).
Asosiy kamerasining ruhsati 8 Mp, oldingi kamerasi esa – 5 Mp, shu orqali yaxshi selfilarni qilsa bo`ladi. Gionee Elife S5.1 ning o`lchami – 139,8×67,4×5,15 mm.