Oddiy suv yordamida ishlaydigan “akkumulyator”

Oddiy suv yordamida ishlaydigan “akkumulyator”

Yaponiyaning Furukawa Battery kompaniyasi oddiy suvni ishlatadigan elektron “akkumulyator”ni yaratishdi.

Mg Box nomli akkumulyator orqali smartfonlarni va planshetlarni zaryad qilish mumkin. Kompaniya vakillarining aytishlaricha, yangilik sotuvda dekabr oyida chiqishi mumkin. Bitta akkumulyator narxi 10 ming ien bo`lishi mumkin (hozirgi kursda bu 93 AQSh dollar).

Moslamaning to`liq ishlashi uchun unga ikki litr suv quyilsa bas – biroq suv chuchuk ham, dengiz suvi ham bo`lishi mumkin. Akkumulyator elektro quvvatni besh kun mobaynida ishlab chiqarishi mumkin – ushbu vaqt mobaynida siz telefoningizni 30 marotaba to`liq zaryad qilishingiz mumkin.

Yaponiyalik mutaxassislar ishlarida magniy, suv va kislorod birga ishlaydigan tizim kiritilgan, natijada elektro quvvat paydo bo`ladi. Kompaniya vakillarining so`zlariga ko`ra, mazkur yangilik tabiiy ofatlar vaqtida foydali bo`ladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social