“Pusk” menyusi “Windows” ga qaytadi

“Pusk” menyusi “Windows” ga qaytadi

Shu oyning boshida bo`lib o`tgan “BUILD-2014” anjumanida “Pusk” menyusi “Windows 8” operatsion tizimga qaytishi haqida “Microsoft” kompaniyasi tasdiqladi. Ammo bu qachon sodir bo`lishi aniqlanmagan.

“Pusk” tugmasi bosilganda ikki qismdan iborat bo`lgan gibridli menyu ochiladi: chap tarafda “Windows 7” o`xshash ilovalarning ro`yxati bo`ladi va o`ng tarafda esa “Windows 8” ning “tirir plitka” ro`yxati bo`ladi. Bundan tashqari, desktop tartibida bo`lgan holda foydalanuvchi Metro-ilovalarni “oddiy” ekranda ochishi mumkin.

“Microsoft” katta yangilashlarni va o`zgarishlarni tez-tez chiqarmoqda, hamda bu o`zgarishlar kamida bir yilda ikki marotaba sodir bo`lmoqda. Birinchi navbatda “Update 1” shu yilning aprel` oyda chiqdi. “Update 2” esa avgust oyida chiqishi kutilmoqda va 2015-yilda esa yangi “Windows 9” (kodli nomi Threshold) operatsion tizimining relizi chiqishi kutilmoqda. Tezlashtirilgan yangilanishlar davri nafaqat o`z tizimining hattolarini to`g`irlashga va yangi funktsiyalarni kiritishga imkoniyat beradi, balki “Android” va “iOS” operatsion tizimlaridan ortta qolmaslik uchun ham rivojlantirmoqda.

“Pusk” tugmasi birinchi bo`lib 18 yil oldin “Windows 95” da paydo bo`lgan va shundan so`ng barcha platformalarda chiqishni boshlagan edi. Ushbu tugma tez programma ishlatishga, komp`yuter nastroykalarga o`tishni, qidiruv va yaqinda ochiq bo`lgan dokumentlarga tez o`tishga yordam beradi. 2012 yilda chiqan “Windows 8” da “Microsoft” “Pusk” olib tashlangan edi va shu bilan interfeysni soddalashtirilgan turini taqdim qilgan.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. rahmat

  2. pusk tugmasini rasmini qo`yib qo`yila.

  3. Borku rasmi, chapda eng pastda

  4. toshkent

  5. Toshkent

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social