NFT – yangiliklar sarlavhasida tez-tez paydo bo‘lib turayotgan nisbatan yangi narsa. Twitter asoschisi Jek Dorsi o‘zining birinchi tvitini NFT formatda 2,9 mln dollarga sotdi, rassom Mayk Vinkelman esa o‘zining NFT surati uchun rekord darajali 69 mln dollarga ega bo‘ldi.
NFT o‘zi nima va nima uchun u haqda hamma gapiryapti?
NFT-token (Non Fungible Token — o‘zaro o‘zgarmas token) – blokcheynda saqlanadigan mukammal raqamli sertifikat bo‘lib, narsa-buyum originalligini kafolatlaydi va unga bo‘lgan mutlaq huquqlarni taqdim etadi. Ushbu tushuncha kriptovalyuta olamidan kirib kelgan.
O‘zaro o‘zgarmas tokenlarni sezilmas tarzda o‘zgartirish, bo‘lish va almashtirish mumkin emas. Tizim noyob obyektga – san’at asari, ko‘chmas mulk, kompyuter o‘yinlaridagi artefaktga bo‘lgan huquqlarni ta’minlashga xizmat qiladi.
Sodda qilib aytganda, blokcheyndagi har bir yozuv token deb ataladi. Ochiq blokcheyndagi barcha tokenlar bitta pul qiymatidagi tangalarga o‘xshab, o‘zaro teng va bir-birini to‘ldiradi. Kriptovalyuta pullari ham xuddi shu tarzda ishlaydi: masalan, bitta bitkoin o‘rnini boshqasi bilan osongina almashtirish mumkin bo‘lib, bunda hech qanday o‘zgarish kuzatilmaydi.
Biroq NFT texnologiyasi o‘yin qoidalarini o‘zgartiradi va boshqacha yo‘l tutadi. O‘zaro o‘zgarmas token – qiymati va obyekt mavjudligini boshqa token bilan o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan raqamli tanga.
Barcha tranzaksiyalarni qayd etishda ma’lumotlar bazasi sifatida xizmat qiladigan blokchenyda nafaqat kriptovalyuta, balki NFT ham yaratiladi. Blokcheyn o‘zaro o‘zgarmas tokenlar ishonchliligini kafolatlaydi. Mazkur tizim yordamida har qanday foydalanuvchi NFTning originalligini va uning yaratilish tarixini blokcheyn orqali tekshirib olishi mumkin.
Foydalanuvchi NFT-tokenlarni sotib olib, asar sertifikatiga ega bo‘ladi. Bunda asarning o‘zi hech qayerga ko‘chirilmaydi va umrbod saqlanadi.
NFT xaridorlari hech qanday buyumga egalik qilishmasa, unda nima uchun ularni sotib olishadi?
Garchi biz o‘zimizga yoqqan fayllarni yuklab olishimiz mumkin bo‘lsa-da, ularning internet olamida mavjudligi emas, balki ularning yagonaligi asosiy ahamiyatga egadir.
Blokcheyn uning dastlabki egasi tomonidan avvalroq yaratilgan boshqa mukammal buyumni, aynan siz sotib olganingizni aniq qayd etadi. Bundan tashqari, xuddi o‘sha yaratgan odam haqidagi ma’lumotlarni ham o‘zida saqlab qoladi.
Bu kabi xaridlar kolleksionerlar, geymerlar va san’at shinavandalari uchun suratlarning asl nusxasini sotib olishga o‘xshaydi.
Nazariy jihatdan, Kazimir Malevich tomonidan yaratilgan “Qora kvadrat” asarining asl nusxasini sotib olish mumkin, ammo ushbu xarid haqidagi asl fakt (qanday va qanchaga), kartinaning ko‘chirma nusxasini devorga shunchaki osib qo‘yishdan tubdan farq qilgan bo‘lardi.
NFT ko‘rinishida nimalarni sotish mumkin?
Deyarli har qanday narsani. Musiqiy asar, suratlar, matnlar, videoroliklar, 3D-modellar – ya’ni raqamli mahsulot mukammalligiga da’vo qiluvchi har qanday narsa.
NFTga, asosan, kolleksionerlar (ulardan boshqa kim ham mukammal buyumlarni izlashi mumkin), geymerlar (o‘yin ichidagi buyumlarga: terilar, qurollar, to‘plam kartochkalari va boshqalarga qiziquvchilar), shuningdek, san’at arboblari va ixlosmandlari ko‘proq e’tibor qaratishadi. Shu bilan birga, san’atning barcha yo‘nalishlari ham.
Qo‘shiqchi Grayms o‘z suratlarini 5,8 mln dollarga baholagan holda ularni NFT formatda sotdi, rossiyalik rassom Pokras Lampas esa Chirkey GESida chizgan suratining loyihasini 28 ming dollarga sotib yuborgan.
NFTning kelajagi bormi?
O‘zaro o‘zgarmas tokenlar bozori o‘ta jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda, so‘ngi bir necha yillarda blokcheyn texnologiyasi va infratuzilmasi sezilarli o‘zgarishlarni boshdan kechirdi.
Biroq bugungi kunda NFT marketlar qanday qoidalar orqali ishlashi mumkinligi va o‘zaro o‘zgarmas tokenlar qaysi sohalarda qo‘llanilishi mumkinligi (kerakligi) bo‘yicha yana ko‘plab savollar savolligicha qolib ketmoqda.
Misol uchun, NFT’ning kelajakda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy yo‘nalishlardan biri – mukammal hujjatlarning blokcheynda yozilishi. Blokcheynning ishonchliligi tufayli diplomlar, sertifikatlar va turli xil hujjatlar NFT formatida chiqarilishi mumkin bo‘lib, bu ularning soxta nusxalarda chiqishi xavfini bartaraf etadi.
NFT kontentlar, ijod obyektlari va san’at buyumlarini yaratish hamda tarqatish formatlariga ta’sir o‘tkazadi (va o‘tkazmoqda).
Katta raxmat, men u4un wu maqola 4iqibdi.
фойдали, рахмат, ишилада омад
juda yaxwi maqola 4iqibdi
Xudo bar4amizni asrasin! Osmonimiz tin4 bulsin! Uruwlar bulmasin
sarvar tugri aytasiz! Xudo bar4amizni asrasin!
dunyoda uriwlar bulmasin!