Robot-jurnalist 1 soniya ichida bir maqola yozdi

Robot-jurnalist 1 soniya ichida bir maqola yozdi

Xitoylik “Syao Nan” ismli robot-jurnalist birinchi xabarni yozdi va uni mahalliy “Southern Metropolis Daily” gazetasi nashr qilishdan tortinmadi. Maqola 300 belgidan iborat va Xitoy Yangi yil nishonlash uchun tayyorgarlikdagi yo’l-transport muammolari bo’yicha matndan iborat edi. Lekin asosiy ig’vo boshqada. Robot-jurnalist nashr vazifasini 1 soniya ichida bajardi.

Syao Nan roboti Guanchjou shahridagi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan. Olimlar jamoasining bosh rahbari, professor Wan Xiaojun, mashina kichik eslatmalarni va batafsil maqolalarni yozish imkoniyatiga ega ekanini ta’kidladi. Shuningdek, robot-jurnalist taqdim etilgan ma’lumotlar hajmini tez aniqlashi mumkin va yozishga vaqt isrof qilmaydi.

Biroq Syao Nan odam jurnalistlarning o’rnini bosolmaydi. Chunki, robot qo’shimcha savollar bilan intervyular, hisobotlar, va suhbat qilolmaydi. Bundan tashqari, kompyuter muxbiri materiallarga ohang o’rnatishga o’rgatilmagan. Oddiy yangiliklar va hisobotlarni yozish, kelajak maqolalar uchun axborot yig’ish uchun Syao Nan kabi robotlar, katta yordamchi bo’lishi mumkin. Xususan, Xitoyning “Southern Metropolis Daily” gazetasi robot-jurnalist xizmatlaridan foydalanishda davom etishini rejalashtirmoqda.

Manba: 24gadget.ru
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social