Samsung Galaxy S6 yanvar` oyida taqdim etilishi mumkin

Samsung Galaxy S6 yanvar` oyida taqdim etilishi mumkin

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi flagmanli Galaxy S5 smartfonini sotilish hajmi bilan norozi bo`lgan, shuning uchun o`z xatolarini keyingi oyda taqdim etilishi kutilayotgan yangi modelda to`g`irlashga shoshilmoqdalar. Janubiy Koreya nashrlarining aytishlaricha Samsung Galaxy S6 taqdimoti aynan CES-2015 marosimida bo`lib o`tadi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Samsung 45 million Galaxy S6 smartfonlarni sotishni rejalashtirgan. Bundan 10 millioni “premium-versiya” smartfonlari bo`lishi mumkin, ular ikki taraflama botiq displey bilan farq qilinadi (Note Edge da o`xshab). Shuningdek, yangilikning korpusi “yarimi” metaldan qilingan bo`ladi.

Yangi Samsung Galaxy S6 2560×1440 pikselli, 5,2 dyuymli displey (QuadHD/2K), suratni optik to`g`irlashi bilan 16 megapikselli orqa kamera, oldingi kamera esa 5 megapiksel` bo`lishi kutilmoqda va Android 5.0 Lollipop operatsion tizimida bo`ladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social