Samsung kompaniyasi Janubiy Koreyaning Milliy turizm organizatsiyasi bilan aktsiya boshlash haqida xabar berdi ya`ni mamlakatga kelgan turistlarga bepul flagmanli Galaxy Note 5 smartfon beriladi. Bu haqida Samsung rasmiy saytida e`lon qilingan.
Yangi loyihaning yana bir qatnashchisi SK Telecom mobil aloqa operatori bo`lishi mumkin. Uning yordamida Samsung smartfonlariga SK Telecom sim kartalari o`rnatiladi. Shuningdek, sayohatchi bir gigabaytlik mobil internet-trafik ishlatishi mumkin.
Ma`lumollarga qaraganda, Janubiy Koreyadan chiqib ketilganda smartfonni kaytarib berish kerak bo`ladi – u faqat besh kunga beriladi. Gadjetni olish uchun milliy turizm organizatsiya saytidan ro`yhatdan o`tib, talabnomani to`ldirish lozim va undan so`ng Seul aeroportidan smartfonni olish mumkin.
Har xafta omadli sayoxatchilar 250 Samsung smartfonlariga ega bo`lishadi. Bir yilda kompaniya turistik kompaniya bilan birga 13 ming moslamalarni tarqatishi mumkin.
Shunday ekan, Janubiy Koreaga borsangiz, aeroportdan bepul smartfonni olishni utunmang!