Sony kompaniyasi flagman “Xperia Z2” smartfoni uchun ikkita aksessuar ishlab chiqardi: simsiz zaryadli panel` WCH10 va g`ilof WCR12.
Ikkala yangiliklar Qi standarti bilan sertifikatlangan va elektromagnit induktsiya orqali akkumulyator to`ldiriladi.
WCR12 g`ilof “smartfonni” zarar etishidan himoya qiladi, hamda uni “podstavka” sifatida ham ishlatsa bo`ladi. Aksessuar “havoda” Xperia Z2 ni zaryad qilishi uchun, uni yumaloq WCH10 paneliga qo`yish kifoyadir.
“Noqulay kabellarni esingizdan chiqaring: simsiz zaryadli hilofdagi telefonni zaryad moslamaga qo`ying va zaryad qilishni boshlang. Agar shoshilinch qo`ng`iroqni qabul qilishga to`g`ri kelsa yoki kengashga yugirish kerak bo`lsa, o`zingiz bilan smartfonni oling. Endilikda sizga kabellarni echish va rozetkaga chuzilish kerak bo`lmaydi. Shuningdek, endi zaryad qilish oson va qulay bo`ldi.” – deb Sony rasmiy saytida aytib o`tilgan.
G`ilof qora va oq ranglarda mavjud, panel` esa faqat – qora rangda. Ularning narxi va chiqish sanasi hozirgacha noma`lum.
Xa yaxshi qilishibdi, lekin sony baribir unchali yahshi smartfonla chiqarmiydi