Suv va qumdan qo`rqmas smartfon!

Suv va qumdan qo`rqmas smartfon!

Hozirgi kunda o`zlarini suv va changdan himoyalay oladigan juda ko`p telefon va smartfonlar mavjud. Lekin bu telefon va smartfonlar foydalanuvchilarda kutulganidek qizziqish uyg`otmayapti. Bunga sabablar esa bir qancha topiladi – birida ekarani kichik bo`lsa, ba`zi birlarida esa protsessori kuchsiz, yana ba`zi birlarida esa (aytish mumkin foydalanuvchilarning smartfonlardagi asosiy sevimli quroliga aylanib ulgurgan) fotokamerasi rasmlarni kutilganidek sifatli tasvirga olaolmaydi.

Yuqoridagilarni va yana bir qancha kamchiliklarni inobatgan olib, telefon va smartfon ishlab chiqaruvchilari o`zlarining keyingi modellarida bu kabi kamchiliklarni bartaraf qilishga urinishmoqda. Va aytish mumkinki buning uddasidan ham chiqishmoqda.

Yaponiyaning Sony kompaniyasi Sony Xperia acro S nomli smartfonini taqdim etganiga bir qancha vaqt bo`ldi. Sony kompaniyasi xodimlari takidlashicha, Sony Xperia acro S ning boshqa smartfonlardan farqi, ya`ni uning eng muhim afzallik taraflaridan biri bu aynan chang va suvdan yaxshi himoyalaganidir. Bunday smartfonlarni yana – har qanday ofatlarga bardosh beraoladigan smartfon deb ham atashadi.

0

Sony Xperia acro S oldingi Xperia S va Xperia ion dizayniga o`xshash. Lekin acro S orqa qopqog`i yon qismi silliq tarzda qilinib, smartfonning qalinligiga qaramasdan qo`lda juda yaxshi joylashadi. Sony Xperia acro S og`irligi – 147 gramm, uzunligi – 126 mm, eniga – 66 mm, qalingligi esa – 12 mm ni tashkil etadi.

3

TFT displey diagonali – 4,3 dyuym, o`lchami – 1280 x 720 nuqta. Sony kompaniyasi bu erda Mobile BRAVIA Engine texnologiyasini qo`llagan. Displeyda ishlash juda qo`lay, ayniqsa brauzer, pochta, dasturlardan foydalanganda barmoqning har bir bosishini juda yaxshi sezadi.

4

Sony Xperia acro S himoya qatlami suvda bir metr chuqurlikgacha smartfonni osongina saqlay oladi. Shu bilan bir qatorda Sony Xperia acro S suv tomchilari, qum va shu kabi boshqada ko`ngilsiz narsalarga bardosh beraoladi.

2

Smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o`zlarining yangi modellariga yangilik kiritishga harakat qilishmoqda. To`g`ri, axir xozirgi axborot texnologiyalarning jadal sur`atlar bilan rivojlanib borayotan davrida, jahon bozorida o`z o`rnini saqlab qolishning o`zi ham oson ish emas. Shunday ekan, bunday holat, ishlab chiqaruvchilarni yanada yangi izlanishlarga chorlaydi.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    zor

  2. hi tech

    гап йук, ман бу смартфон хакида олдин эштувдим, манимча хозирги кундаги чанг ва сувга бемалол бардош бераоладиган смартфон айнан шу буса к-к

  3. Номаълум

    Narxi qancha ekan?

  4. sony га гап йук, фирмамисан фирмаде, уни товарлари хамиша зур буб кеган

  5. birinchi telefonim nokia edi bir yil ishlatdim, keyin esa samsung bir oy, endi esa sony ericsson uni 5 yil ishlatib yuribman,mana buni marka desa buladi! gap yoq!

  6. Номаълум

    voy ajabo nimalarni xam uylab topishmidilar

  7. sony ericsson telefon bozorini egalamoqchiu )))

  8. da Vinci

    shu sony erikson va iphoneni birdaniga suvga tashasa nima bular ekan??? )))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social