“Toshiba” yangi microSD xotira kartalarni yaratdi va ushbu kartalar bugungi kunda eng tezkor ma`lumotlarni jo`natish tezligi bilan ta`riflanadi.
style=”text-align: justify;”>Kartalar UHS (Ultra High Speed) Speed Class 3 standartlariga mos bo`lib, hamda ma`lumotlarni yozish eng kam tezlikni – 30 Mbayt/s o`rnatdi. Toshiba microSD UHS-II 32 va 64 Gbayt hajmdagi THNSX032GAJCM4 va THNSX064GBK5M4 belgilashlar bilan kartalarni taklif qiladi. Birinchi belgilashda ma`lumotlarni o`qish tezligi 260 Mbayt/s gacha boradi, yozish tezligi esa 240 Mbayt/s. Ikkinchi belgilashda ko`rsatkichlar 145 va 130 Mbayt/s namoish etadi. Oldingi avlodlarga ko`ra (microSD UHS-I) yangi kartalar yozish tezlikni 8 karra ko`paydi va ma`lumotlarni o`qish tezligi 2,7 karra ko`tarildi.
Shunday qilib, taqdim etilgan yangilik ul`trayuqori (4K) ruhsatdagi bo`lgan video-mal`umotlar bilan ishlaydigan moslamalarga to`g`ri keladi. Moslamaning o`lchami 15,0×11,0x1,0 mm, og`irligi – 0,5 g.
Ayni vaqtda “Toshiba” kartalarning namunalari smartfonlar, planshetlar, fotoapparatlar va boshqa mobil moslamalarni ishlab chiqaruvchilarga taqlif qiladi. Ommaviy ishlab chiqarilishi va narxi haqida xozircha xech qanday ma`lumot berilmagan.