Yangi virus Google Play dagi yuzlab ilovalarni zararladi

Yangi virus Google Play dagi yuzlab ilovalarni zararladi

Yangi virus Google Playdagi yuzlab tekin ilovalarni zararladi. BankBot nomli troyan bank kredit kartalari haqida ma’lumotlarni va har xil messangerlardagi suhbatlarni o’g’irlar ekan. Bu haqda Dr.Web antivirus dasturiy ta’minoti mutaxassisi xabar bergan.

Mobil telefonning zararlanishi Google Playdan tekin mobil ilova yuklab olingan paytda sodir bo’ladi. Ilova o’rnatilganidan keyin troyan ilova belgisini o’chirib tashlaydi lekin o’zi tizimda ishlashda davom ettiradi. Dr. Web ma’lumoti bo’yicha Google Playda yangi troyan bilan zararlangan ilovalar soni 400 tani tashkil etgan. Ularning soni yana ham oshishi mumkin ekan.

Zararlangan ilovalar mobil telefonga o’rnatilganidan keyin, troyan Viber, Snapchat, Instagram, Whatsapp va boshqada messangerlardan ma’lumotlarni o’g’irlar ekan. Troyan bilan zararlangan ilovalarni mobil telefondan o’chirib tashlash orqali troyandan qutilish yo’li bo’lmayapdi. Troyandan zarar ko’rgan foydalanuvchilarning asosiy qismi AQSH va Buyuk Britaniyaga to’g’ri kelmoqda.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social