Xitoyning “Xiaomi” kompaniyasi o’zining “Redmi Note 7” byudjetli smartfoni uchun ajoyib reklama olishga qaror qildi. Mazkur smartfon yerdan 35375 metergacha ko’tarildi. Bunday balandlikda havo harorati – 58 ° C va atmosfera bosimi 1 kPa ni tashkil qildi.
Smartfonning kosmik sayohati balon yorilishiga qadar 2 soat davom etdi va shundan so’ng smartfon Yerga qaytishni boshladi. Bu vaqt ichida smartfon nafaqat qiyin muhitda vaqt o’tkazibgina qolmay, balki asosiy kamerada sayyoramizning aniq tasvirlarini ham oldi.
Smartfon yerga qaytib tushganda o’chib qoldi, ammo eksperimentchilar Xiaomi Redmi Note 7 ni qayta ishga tushirishganda kutilganidek ishlashda davom etganini aytishmoqda, ya’ni smartfoning stratosferada bo’lishi uning ishlashiga ta’sir qilmasligini ta’kidladilar.