20-martdan O‘zbekistonda “Temu” faoliyati cheklanadi

20-martdan O‘zbekistonda “Temu” faoliyati cheklanadi

ILMA tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida, fuqarolardan ushbu marketpleysdan buyurtma bermasliklarini so‘ramoqda.

20-martdan O‘zbekistonda Xitoyning “Temu” marketpleysi faoliyati cheklanadi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

2025-yilning 1-iyulidan mamlakatda elektron tijorat operatorlari, xususan elektron savdo platformalari operatorlari sifatida faqat yuridik shaxslar — O‘zbekiston rezidentlari faoliyat yuritishi mumkinligi belgilangan.

Mamlakat fuqarolariga xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy elektron savdo platformalari faoliyatini o‘rganish jarayonida ayrim elektron savdo platformalari tomonidan O‘zbekistonning elektron tijorat, chakana savdo, reklama, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmayotganligi aniqlandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston qonunchiligi talablariga muvofiq, 2025-yilning 20-martidan xorijiy elektron savdo platformalaridan, xususan, “Temu” platformasidan foydalanish belgilangan tartibda cheklanadi.

ILMA tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida, fuqarolardan 4-mart kunidan boshlab “Temu” platformasida buyurtma bermasliklarini so‘ramoqda. Agar buyurtma bundan oldin buyurtma qilingan bo‘lsa, platformadan to‘lovni qaytarib olish tavsiya etiladi.

Agentlik va Soliq qo‘mitasi fuqarolarni O‘zbekiston hududida o‘z faoliyatini mahalliylashtirmagan yoki mamlakatimizda Soliq ko‘mitasining elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar va marketpleyslar ro‘yxatiga kirmagan xorijiy elektron savdo platformalari xizmatlaridan foydalanmaslikka, ehtiyot choralarini ko‘rishga, shaxsiy va boshqa ma’lumotlarni bunday subyektlarga bermaslikka chaqiradi.

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Нимага?

  2. Тимур

    Конун 1 июльдан кучга кирардику

  3. Тимур

    Хайронман

  4. NEGA!

  5. Gulnora

    cry cry cry cry yana uzumga qaytamizmi??

  6. Boshqa ilojimiz ham endi yo’q

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social