2023-yil bir qator animatsiya studiyalari uchun muhim yil bo‘lishini va’da qilmoqda. Disney va Pixar tomonidan ishlangan an’anaviy multfilmlardan tashqari, bizni uzoq kutilgan “Tovuqxonadan qochish”ning davomi, shuningdek, yaponiyalik animatsiya ustasi Xayao Miyazakining yana bir durdona asari kutmoqda.
“Super aka-uka Mariolar” (2023)
multfilmlar, komediya, sarguzasht
Rejissor: Aaron Horvat, Michael Jelenik
Rollarda: Kris Pratt, Anya Teylor-Joy, Charli Day, Jek Blek, Kigan-Maykl Key
Illumination va Nintendo hamkorliпшda yaratilgan “Super aka-uka Mariolar” bu mashhur videoo‘yinlar seriyasidagi uchinchi multfilm bo‘ladi. Shunisi e’tiborga loyiqki, Marioning so‘nggi ekran varianti roppa-rosa yigirma yil oldin paydo bo‘lgan — Rokki Morton va Annabel Yankelning sarguzasht komediyasi e’tiroflarga qaramay, bir vaqtning o‘zida kassada dahshatli muvaffaqiyatsizlikka uchragan va 48 mln dollar budjet bilan atigi 20 million dollar yig‘gan. Aaron Horvat va Maykl Yelenikning yangi animatsion filmini qanday taqdir kutmoqda, buni vaqt ko‘rsatadi. “Super aka-uka Mariolar” 2018-yildan beri ishlab chiqilmoqda, loyihaga Kris Pratt, Anya Teylor-Joy, Charli Day va Jek Blek kabi yulduzlar biriktirilgan.
“Oʻrgimchak odam: Butun olam toʻri” (2023)
multfilmlar, jangari, sarguzasht
Rejissor: Xoakim Dos Santos, Kemp Pauers, Jastin K. Tompson
Rollarda: Shamik Mur, Haili Steinfeld, Oscar Ayzek, Jeyk Jonson, Issa Rey
Sony o‘zining O‘rgimchak odam olamini faol ravishda rivojlantirishda davom etmoqda — Marvelning yagona superqahramoni, foydalanish huquqi hali Disney tomonidan sotib olinmagan. 2018-yilda chiqarilgan “O‘rgimchak odam: Borliqlararo” o‘zining noyob stilizatsiyasi tufayli qisqa vaqt ichida zamonaviy animatsiya klassikasiga aylandi. Multfilmda ham eski qahramonlarning qaytishi (Piter Parker, Gven Steysi), ham yangi qahramonlarning paydo bo‘lishi (O‘rgimchak odam 2099, o‘rgimchak-pank) kutilmoqda. Kartina ijodkorlari hozirda qiyin vazifaga duch kelishmoqda: ular nafaqat texnologiya nuqtayi nazaridan original qismni “takrorlash”lari, balki Maylz Moralesning hikoyasini ishlab chiqishlari ham kerak, shunda o‘z-o‘zini takrorlashga o‘rin qolmaydi.
“Qandaysan?” (2023)
multfilmlar, sarguzasht, oilaviy
Rejissor: Xayao Miyazaki
2023-yil iyun oyida taniqli yapon animatori Xayao Miyazaki “Qandaysan?” nomli yangi animatsion filmini taqdim etadi. Ta’kidlash joizki, Miyazakining o‘zi uchun bu ish so‘nggi o‘n yil ichidagi birinchi bo‘ladi. Rejissorning so‘nggi multfilmi “Shamol kuchaymoqda” 2013-yilda chiqqan edi. Ma’lumki, “Qandaysan?” Yoshino Genzaburoning shu nomli romani asosida yaratildi, uning sujeti, mish-mishlarga ko‘ra, sezilarli darajada o‘zgargan. Ko‘rinishidan, bizni hayotning ma’nosi va insonning dunyodagi o‘rni haqidagi falsafiy tezislar bilan to‘ldirilgan yana bir fantastik hikoya kutmoqda.
“Juda oddiy” (2023)
multfilmlar, komediya, sarguzasht
Rejissor: Peter Son
Rollarda: Mamudu Ati, Lea Lyuis
“Yaxshi dinozavr” yaratuvchisi Piter Sonning “Juda oddiy” romantik fentezisining voqealari to‘rt element — olov, suv, yer va havo aholisi do‘stlik va hamjihatlikda yashaydigan xayoliy shaharda bo‘lib o‘tadi. Multfilmning bosh qahramoni — Amber (Liya Lyuis) ismli jahldor qiz, doim kulib yuradigan yigit Ueyd (Mamoudu Ati) bilan uchrashadi. Tabiatning barcha qonunlariga qarshi, bu ikkisi bir-birini sevib qolishadi va oxir-oqibat suv va olov elementlarida farqlardan ko‘ra ko‘proq umumiylik borligini tushunishadi. Loyiha taqdimoti chog‘ida Son ochiqchasiga “Juda oddiy” 70-yillarda Nyu-Yorkka kelgan immigrant ota-onasining sevgi hikoyasiga asoslanganligini ta’kidlaydi.
“Tovuqxonadan qochish 2” (2023)
multfilmlar, komediya, sarguzasht
Rejissor: Sem Fall
Rollarda: Bella Remsi, Tandiv Nyuton, Zakari Levi, Jeyn Xorroks, Devid Bredli
Birnchi multfilmi chiqqanidan beri yigirma uch yil StudioCanal va Aardman Animations ozodlik va mustaqillikka intilayotgan antropomorf tovuqlarning sarguzashtlari haqidagi afsonaviy “Tovuqxonadan qochish” satirik qoʻgʻirchoq multfilmining davomini taqdim etmoqda. Ikkinchi qism voqealari oradan bir necha yil o‘tgach sodir bo‘ladi. Jinjer (Tandive Nyuton) va Rokki (Zachari Livay) farzandli bo‘lib, uzoq kutilgan oilaviy baxtni topadilar. Afsuski, u qisqa umr ko‘radi. Qahramonlar dunyoga kelmagan jo‘jalarni dahshatli taqdirdan qutqarish uchun Miss Tvidining fermasiga qaytishga majbur bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, birinchi “Tovuqxonadan qochish” bir vaqtning o‘zida tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan stop-motion animatsion filmiga aylangandi. Davomi rekordni yangilashi mumkin.
“Istak”
Disney o‘zining 100 yillik yubileyi arafasida o‘tgan asrdagi Disney animatsiyasining asosiy ramzi bo‘lgan tilaklar yulduzining kelib chiqishi haqida hikoya qiluvchi “Istak” multfilmini taqdim etadi. “Istak” filmini ishlab chiqish “Muzyurak” va “Tarzan” filmlari rejissori Kris Bakka, shuningdek, “Raya va oxirgi ajdaho” filmi bilan tanilgan Foun Virasuntounga ishonib topshirilgan. Multfilm sujeti 17 yoshli malika Asha (Ariana DeBoz) va uning sodiq echkisi Valentino (Alan Tyudik) atrofida bo‘lib o‘tadi, ular tasodifan muqaddas yulduzga qoqilib, undan o‘zlarining ichki orzularini amalga oshirishni so‘rashadi.
Яна Черепашка Нинза чикади енгиси
Salom alaykum, multfilmlarni juda yaxwi kuraman kuriwni
Yow bolla kuradi multiklani
Spidermenga kinoga twuman
Treylarini kurib 4iqdim, endi to4no kinoga boraman
Qatda kursa buladi bulani? Chiqqanmi?
Ajooyib multfilmlar
Zur zur zur
Multfilmla kuradiganla bomi uzi?
Albatta bor, man kuraman