Adidas chiqindilardan krosovkalar yaratadi

Adidas chiqindilardan krosovkalar yaratadi

Mashhur sport brendi sayyoramiz aholisining diqqatini Jahon okean ifloslanishiga qaratmoqchi va okeanda bo`lgan chiqindilardan oyoq kiyim yaratadi.

style=”text-align: justify;”>Jahon okeanining ifloslanishi haqida insonlarga xabar berish uchun, Germaniyaning “Adidas” sport brendi “Parley for Oceans” tashkiloti bilan birlashgan. O`tgan xaftada “Adidas” vakili Erik Lidtke va “Parley for the Oceans” asoschisi Sayril Guch o`zlarining birinchi loyihada okean chiqindilaridan qilingan krosovkani ishlab chiqardi.

Namoish etilgan oyoq kiyimning tepasi kayta ishlab chiqarilgan chiqindidan iborat, hamda okeanda noqonuniy o`rnatilgan to`rlardan qilingan.

“Parley for the Oceans” asoschisi Guch shunday xabar bergan: “ biz atrofdagi klimat o`zgarish mavzusida okean tozaligi birinchi o`rinda bo`lishini istaymiz. Bizning maqsadimiz – aholini xabardor qilish va okeanlarni himoya qilish, hamda saqlash uchun hamkorlikga chaqirishdir”.

Manba: Naked Science

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social