Amerikalik aktyor Al Pachino pandemiya davrida klinik o‘limni boshdan kechirgani haqida so‘zlab berdi

Amerikalik aktyor Al Pachino pandemiya davrida klinik o‘limni boshdan kechirgani haqida so‘zlab berdi

“Cho‘qintirgan ota” filmidagi ishtiroki bilan dunyoga tanilgan amerikalik aktyor Al Pachino koronavirus pandemiyasi davridagi sog‘lig‘idagi jiddiy muammolarni o‘tkazgan kunlar haqida so‘zlab berdi.

84 yoshida aktyor klinik o‘limni boshdan o‘tkazdi. The New York Times gazetasiga bergan intervyusida Al Pachino o‘sha paytda hech qanday g‘ayritabiiy tush ko‘rmaganini va nimalar bo‘lganini eslay olmasligini ta’kidladi.

“O‘z uyimda tinch holatda o‘tirgan edim, so‘ng o‘zimni juda yomon his qila boshladim. Tana haroratim ko‘tarilib ketgach, organizmim suvsizlana boshladi. Shuning uchun kimdandir hamshirani chaqirib kelishlarini so‘radim. Atrofdagilardan suv so‘radim. Keyin esa menda birdan klinik o‘lim sodir bo‘lgan ekan. Barchasi juda tez va oddiy sodir bo‘ldi. Yurak urishim to‘xtagan edi”, dedi aktyor.

Tez yordam mashinasi sanoqli daqiqalarda yetib keldi. O‘ziga kelganda aktyor tepasida himoya kiyimidagi oltita feldsher va ikkita shifokor bemorni qurshab olgan edi.

“Hamma yonimda turgan edi va ular “U o‘ziga keldi”, deyishgani esimda”,  dedi Pachino.

Shuningdek, aktyor o‘lim yoqasida hech qanday oppoq yorug‘likni yoki boshqa g‘ayrioddiy narsalarni ko‘rmaganini qo‘shimcha qildi. Jurnalistlarning o‘lim bilan to‘qnash kelish uning hayotini o‘zgartirdimi yoki yo‘qmi degan savoliga u: “Umuman o‘zgartirmadi” deb javob berdi.

Ma’lumot uchun, Alfredo Jeyms (Al Pachino) 1940-yil 25-aprelida AQSHning Nyu York shahrida, kelib chiqishi italiyalik bo‘lgan amerikaliklar — Salvador va Roza Pachinolar oilasida tug‘ilgan.

Kinodagi ilk katta roli rejissyor Jerri Shatsbergning “Nidl-Parkdagi vahima” kartinasida Bobbi qahramoni edi. Shundan so‘ng Pachino rejissyor Frensis Ford Koppola e’tiboriga tushgan.

Muvaffaqiyatli kino karyerasidan tashqari, Al Pachino mashhur teatr aktyori hisoblanadi. U 1969-yil va 1977-yillarda mashhur “Toni” teatr mukofotlari bilan taqdirlangan. U o‘z faoliyati davomida “Cho‘qintirgan ota”, “Amerika farishtalari”, “Guchchi uyi”, “Ikkinchi imkoniyat” kabi ko‘plab loyihalarda suratga tushgan.

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Улимдан кейин хеч кандай хает йук демокчими?

  2. Тимур

    Манимча атеист буса кере, шунга шунака диган булиши мумкин

  3. Тимур

    Ундан ташкари клиник улимда купла хеч нима куришмиди

  4. Тимур

    Чунки бу хакикий улиммас, шунга факат корунгули булади

  5. Olimdan keyn hayot borligiga ishonasmi?

  6. Тимур

    Албатта.

  7. Albatta hayot bor

  8. Yaxshi tirik qolibti

  9. O’lganimizdan keyin yo’q bo’lib ketamiz, qolganlari odamlar nimagadir ishonishlari uchun qilingan

  10. Gulnoza

    Bu bilan nima demoqchi ekan?

  11. Olimdan keyn hayot yoq dimoqchi

  12. Gulnoza

    Jinni ekan

  13. Fuck off

  14. Shaxzod

    Hamma shundan qo’rqadi

  15. Olimdan keyin hech narsa yoqligidanmi? Albatta, hamma abadiy yashashni hoxlaydi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social