Kaliforniyalik Robert Murnini 100 yoshlik yubileyi bilan tabriklash uchun “uy hayvonlari paradi”ga 200 dan ortiq it olib kelindi, deb xabar bermoqda “Pravila jizni” nashri.
Hozir Palo-Alto qariyalar uyida yashovchi nafaqaxo‘r butun umri davomida itlarga mehr qo‘ygan. Nafaqaxo‘rning qizi Elison doim iti bilan mehmonga kelib uni xursand qilgan. Biroq, 2020-yilda uy hayvoni yo‘qolib qoldi va Elison itlarni do‘stlaridan “qarzga” olishga majbur bo‘ldi.
Elison otasining 100 yoshlik yubileyiga maxsus sovg‘a tayyorlamoqchi bo‘lgan. U ijtimoiy tarmoqlarda itlarning egalaridan Robertning tug‘ilgan kuni tashkil qilinadigan “uy hayvonlari paradi”ga kelishlarini so‘ragan. Elison bayramda kamida 20 kishi ishtirok etishiga umid qilgan.
Nafaqaxo‘rning tug‘ilgan kuniga esa 200 dan ortiq it kelgan. Ba’zi mehmonlar, shu jumladan tug‘ilgan kun egasining nabirasi Emma boshqa shahardan uchib kelgan. Ba’zi itni yaxshi ko‘ruvchi insonlar Robert uchun tabrik plakatlari, shirinliklar va sovg‘alar bilan kelgan.
“Bu haqda o‘ylab yig‘lashingiz mumkin. Men atigi 40 ga yaqin itni bilardim”, — deydi Elison.
Robert barcha itlarni erkalatib o‘ynatgan, bunga esa ikki soat vaqt ketgan.
“Men hech qachon bunchalik ko‘p dumini qimirlatgan itni ko‘rmaganman”, — dedi nafaqaxo‘r itlarning birini erkalatib.
Такой счастливый
Shunday yaxshi insonlar ko’paysin, Omin!
Iloyim uzoq umr ko’rsinla
Assalom alaykum Ajoyib zorkuuu omad shunaqa insonlar koʻpaysin inshaalloh ❤️
Uzoq umr ko’rsinlar
Yaxshi
Chiroyli voqea bo’lipti
Qoyilman
zor
Itlarni yomon kuradiganla dozoxda yonishadi
Omin