Amsterdamda saqichdan tayyorlangan krosovkalar chiqariladi

Amsterdamda saqichdan tayyorlangan krosovkalar chiqariladi

Ko’pchilik saqich chaynaydi, ammo hech kim uni ovqat hazm qilishdan tashqari, yana poyafzal sifatida ham ishlatish mumkin deb o’ylab ham ko’rmagan bo’lsa kerak. Ha, haqiqiy yuqori sifatli poyafzal kabi.

Gumdrop, Iamsterdam va Explicit Wear kompaniyalari bu ajoyib g’oya ekanligini o’ylashdi va saqichdan qilingan taglikga ega bo’lgan krosovkalarni yaratishdi. Qizig’i shundaki, material Amsterdam ko’chalaridan to’plangan.

Gumdrop kompaniyasining vakillariga ko’ra, har yili shahar ko’chalaridan taxminan 1,5 million kilogramm saqich olinadi va to’rt juft poyafzal ishlab chiqarishga esa 1 kilogramm saqich kerak ekan. Taglikni saqich tarkibida bo’lgan kauchukdan qilinadi.

Shahar ma’murlari saqichni tozalash uchun bir necha million sarflaydi, bu esa shahar byudjetiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, ushbu mahsulot atrof-muhitga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Birinchi poyafzal 2018-yilning yozida do’konlarda paydo bo’ladi va 190 yevroga baxolanadi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social