Apple nihoyat @apple rasmiy Instagram akkauntini ochdi. Unda butun dunyo bo’ylab mualliflarning suratlari va videolari joylashtiriladi.
Instagramga Apple smartfonlarida olingan eng yaxshi fotosuratlar va videolar joylashtiriladi. Akkauntda reklama va marketing materiallari bo’lmaydi, faqat kompaniya vakillari tomonidan tanlangan fotosuratchilar va videochilar bo’ladi.
Siz olgan rasm yoki video Apple sahifasiga tushishni istasangiz postga #ShotOniPhone heshtegini qo’shish kerak bo’ladi. Kompaniya mualliflar roziligisiz materiallarni nashr qilmaslikga va’da bermoqda.