Apple kompaniyasi iPhone da olingan dunyodagi eng yaxshi suratlarni chop etdi

Apple kompaniyasi iPhone da olingan dunyodagi eng yaxshi suratlarni chop etdi

Apple “iPhone orqali suratga olish” xalqaro foto tanlovining g’oliblarini e’lon qildi. Tanlov natijalariga ko’ra, hakamlar hay’ati ko’cha billboardlarida, Apple do’konlarida, shuningdek, onlayn rejimida joylashtirilgan o’nta eng yaxshi ishni tanlab oldi.

Tanlov 22-yanvardan 7-fevralgacha bo’lib o’tdi. Ishtirokchilar “iPhone” ning har qanday zamonaviy modelida (iPhone 7-dan iPhone XS Max-gacha) suratga olish va Instagram yoki Twitter da, #ShotOniPhone hashtag bilan joylashtirishlari kerak edi.

Fotosuratlar ilovasida yoki boshqa uchinchi tomon vositasida tasvirlarga o’zgartirish mumkin edi. Hakamlar hay’ati tarkibida 11 nafar sudyalar, jumladan, AQShning 44-prezidenti Barak Obamaning suratchisi janob Pete Souza va Phil Schiller – Apple uchun marketing bo’yicha katta vitse-prezidenti ham bor edi.

G’oliblarning fotosi:

Alex Jiang (AQSh), iPhone XS Max

Bleyk Marvin (AQSh), iPhone XS Max

Darren So (Singapur), iPhone XS Max

Nikita Yarosh (Belorussiya), iPhone 7

Dina Alfasi (Isroil), iPhone X

Elizabeth Scarrot (AQSh), iPhone 8 Plus

Andrew Griswold (AQSh), iPhone XS

Bernard Entolin (AQSh), iPhone XS Maks

Li Adi Darmavan (AQSh), iPhone XS

Robert Glaser (Germaniya), iPhone 7

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social