AQSHning Virjiniya shtatidagi Richmond shahrida dunyodagi eng semiz mushuklardan biri qutqarib qolindi, deb xabar bermoqda “Pravila jizni” nashri.
Patchi laqabli mushukning vazni 18,3 kg ni tashkil qiladi, bu o‘rtacha besh yoshli bolaning vazniga to‘g‘ri keladi. Mushukning avvalgi egalari uni arzon oziq-ovqat va shirinliklar bilan haddan tashqari to‘ydirgan, shu sababli uy hayvoni semirib ketgan.
Patchining qanday qilib hayvonlar boshpanasiga kelib qolgani aniqlanmagan, biroq bu yerda uni qattiq parhezga o‘tkazishgan. Hayvonlarni nazorat qilish xizmati ijtimoiy tarmoqlarda mushukning yangi uy qidirayotgani haqida xabar berib, uning suratlarini taqdim etgan. Mushukning potensial egasiga bitta muhim shart qo‘yildi: u uy hayvonining sog‘lom vaznga qaytishiga yordam berishi kerak.
Patchi tezda ijtimoiy tarmoqlarda o‘z muxlisiga ega bo‘ldi va mushukning yangi egasi uni bir kunda olib ketdi. Mushukni olib ketish uchun ikki kishi kerak bo‘ldi. Hozirda Patchi sog‘lom hayotga qaytishiga yordam beradigan uyini topdi.
Ginnesning rekordlar kitobi tarixidagi eng semiz mushuk Avstraliyada yashagan Ximmi laqabli mushuk hisoblanadi. Uning vazni 21,3 kg bo‘lgan, bu mushuk 1986-yilda o‘n yoshida vafot etgan.
Вайво! Яхшиям куткаришибти, бечора мушу
Bechoragina
Muwulaga kup ovqat yeyiw zararku
Oho, juda og’irkuuu
Oxxooooo
Bechora
Ozarmikan endi?
Yaxshi topishibti
Wooow anchagina semiz mushukcha ekan
Bechoragina