Hayvonlar uchun yangicha uslubda tikilgan liboslar insonlar uchun uncha hayratlanarli holat bo‘lmay qoldi. Biroq hozirda moda olamida muhokama qilinayotgan yangiliklardan biri — otlar uchun maxsus poyabzal yaratishga ixtisoslashgan Horse Kicks brendi bo‘ldi. Brend Kentukki shtatidagi leksingtonlik dizayner Markus Floyd tomonidan ishga tushirilgan.
Floyd poyabzalni yaratishda SRGN akademiyasi jarrohlik poyabzal ustaxonasidan o‘rganilgan usullardan foydalanilgan. Horse Kicks’ning 2022-yil kuzidagi debyut kolleksiyasida qayta ishlangan Air Jordan dizaynlari, Adidas YEEZY BOOST 350 V2 va Aime Leon Dore x New Balance 650 o‘rin olgan. Har bir juft oyoq kiyimni 1 200 dollarga buyurtma qilish mumkin. Har bir sotuvning 10 foizi xayriya ishlariga sarflanadi.
Krossovka modellari Kentukki shtatida 4-5 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan nasldor otlar poygasi bo‘yicha I darajali nasldorlar kubogi musobaqasida sinovdan o‘tkaziladi.
Amerikalila jinni bupqogan
Отланиям жони бор
Obbo, nimala uylab topiwmidi odamla
Kim oladi wun4a pulga?!
Yevropalilayam wunaqa, yetiwmidi
4iroyliku, nimey yomonlisila
ufff