Avstraliyaning Viscous Coffee kafesida uyqu bermaydigan ichimlikni tayyorlashmoqda. U espressodan ko’ra 80 marta kuchliroq ekan.
Kafe boshqaruvchi Steve Beningtonning aytishicha, turbokofe maxsus mahaliy bir hamshira uchun tayorlangan, chunki unga kechki payt ishlash qiyin bo’lgan. Ushbu ichimlik yordamida u bemalo uch kun ishlashi mumkin edi. Endi esa shunday quvvatni istagan inson tatib ko’rishi mumkin.
“Mushti yo’g’on” – to’rtta espresso, muz va muzdek kofedan tayorlanadigan ichimlik, u sizni tetik holatda 18 soat ushlab turishi mumkin. Oddiy kofe chashkasi 63 mg kofeinga ega, ushbu ichimlik esa – 5 gr (ammo kunlik darajasi 400 mg bo’lishi kerak). Barista doim mijozlarni ushbu ichimlikning xavfi haqida ogohlantiradi, ammo sog’lom insonlar uni bemalo sinab ko’rishlari mumkin.
Ko’plab olimlar shunday yuqori quvvatli ichimlikni tavsiya qilishmayapti. Shifokorlar yuqori qon bosimli, yurak kasaligi, hamda xomilador ayollarga va bolalarga ushbu ichimlikni man etishadi.