Avstraliyalik tiktoker Jeyki Boem obunachilarga uni har qanday yo‘l bilan uyg‘otish uchun pul taklif qilib, oyiga 35 000 dollar ishlab oladi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
Buning uchun Boem yotoqxonasi uchun dinamiklar, lazerlar va sovun ko‘pigi purkaydigan mashina o‘rnatgan. Hozirda 500 mingdan ortiq foydalanuvchi uning kanaliga obuna bo‘lgan, ko‘pchilik uning yotoqxonasiga mos keladigan pullik “sovg‘alar” sotib oladi. Misol uchun, obunachilari uni har qanday qo‘shiq va yorug‘lik shousi bilan uyg‘otishlari mumkin.
“Hammasi bitta “sovg‘a” va bitta ovozdan boshlandi. Hozirda esa xonamda chiroqlar, sovunli pufaklar, shishirilgan qayiq, lazer chiroqlari va 20 dan ortiq ovoz effektlari mavjud. Har kecha bir xil — har 10-15 soniyada turli xil tovushlar va chiroqlar yonadi”, — deydi Boem.
Bloger odatda kuning yetti soatini strimingda o‘tkazadi. “May oyida 35 000 dollar ishlab topdim. Bu oy daromadim yanayam ko‘payadi. Bu narsa hayotimni butunlay o‘zgartirdi. Har kecha translyatsiya qilaman va tomoshabinlar uchun yangi imkoniyatlar qo‘shaman. Odamlar buni tomosha qilib, “sovg‘a” berishda davom etgunlaricha men jonli efirda bo‘laman”, — deya qo‘shimcha qiladi tiktoker.
не тем я в жизни занимаюсь
35k??? uygotiwladan??? nima buvotti bu dunyoga…
dunyo jinnilikka tula
strimer busam bularkan
hozr hamma yo bloger buvotti, yo strimer. oson pul iwlawni xohlawadi
obbo, iwlasa bumidimi?
buyam iw atak
tiktokni yuq qiliw kere, bekorga etiwmidi…