Bergenda har yili o’ziga xos bir shahar paydo bo’ladi

Bergenda har yili o’ziga xos bir shahar paydo bo’ladi

Norvegiya shahrining asosiy maydonida to’g’ridan-to’g’ri mazali qurilish materiallaridan tashkil topgan imbir pryanikli shaharcha paydo bo’ladi.

002

Bu ajoyib odat 1991-yilda paydo bo’lgan va shundan buyon har yili bog’cha, maktab va qatnashishni istaganlar “Pepperkakebyen” deb nomlangan dunyodagi eng yirik pryanik shahar qurilishida ishtirok etishlari mumkin.

003

Pepperkakebyen ixcham bo’lsa-da, lekin kichik emas. U dunyodagi eng yirik pryanikli shahar hisoblanib, 2000 binolardan tashkil topgan.

004

Bu yerda siz nafaqat barcha turdagi pryanikli uylarni ko’rishingiz mumkin, balki, imbir qirg’oqlari orasida oqib turgan daryoda mazzali qayiqlar so’zib o’tishadi, ko’chalarida esa yeyish mumkin bo’lgan avtomobillarni ham ko’rishingiz mumkin. Ammo temir yo’l va samolyot pryaniklardan tayyorlanmagan, ammo poezd muntazam ravishda yuradi.

005

Hech shubhasiz, har yili Bergenning miniatyura versiyasini ko’rish uchun 100 mingga yaqin odam keladi.

008

Pryanikli shaharcha – Bergenning eng mashhur sayyohlik markazlaridan biridir. Ekspozitsiyaga kirish uchun haq to’lanadi. Agar siz pryank infratuzilmasini rivojlantirishga hissa qo’shsangiz va shaharga imbir uyni bersangiz, sizga chipta kerak bo’lmaydi.

006

Chipta sotilishidan tushgan daromadlar, Redd Barna, SOS Children’s Villages va Children at Risk Foundation kabi bolalar hayriya tashkilotlariga o’tadi.

007

Pepperkakebyenga bolalar ham, kattalar ham tashrif buyurishadi va ular bundan juda hursand bo’lishadi. Chunki ular o’z ko’zlari bilan ertakli shaharni ko’rishadi va bolalik paytlarini eslashlari mumkin.

009

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social