Al`bert Eynshteyn tilini ko`rsatib turgan suratni hamma biladi. Biroq buyuk olimning nima uchun tilini ko`rsatib tushgani va bu bilan nima demoqchiligi ko`pchilikka noma`lum.
Surat 1951-yili Eynshteyn Prinston Universitetida o`zining 72 yoshni qarshilagani munosabati bilan uyushtirilgan kechadan keyin olingan. Artur Sass ismli fotosuratchi fizikdan “kameraga ilm haqida chuqur o`yga tushgan insonni qiyofalashni” so`ragan. Eynshteyn esa unga tilini ko`rsatadi. Asl surat boshida kattaroq bo`lib, unda yana Eydelot oilasi ham bo`lgan.
Gap shundaki, oq sochli bilimdon olimning o`z ko`rinishi joniga tekkan. Chunki u asosan o`ychan, hayolchan va homush ko`rinishga ega bo`lgan.
Al`bert Eynshteyn bu suratni juda yaxshi ko`rgan. Suratda faqat o`zini qirqib olib keyin uni kattalashtirib do`stlariga yangi yil “otkritka” si sifatida jo`natgan. Otkritka qabul qilgan do`stlari orasida Eynshteyn qiziqib tamosha qiladigan teledastur boshlovchisi X.Smit ismli jurnalist ham bo`lgan. Eynshteyn bu jurnalistga jo`natgan otkritkasida shunday yozuv qoldirgan “Ushbu ishora – butun insoniyat uchun hazil maktubidir”. (Aynan shuning uchun ba`zida suratni – “Albert Eynshteynning insoniyatga maktubi” deb aytishadi).
Shunday ekan Eynshteyn tilini bizga – “Hayotda mijg`ov inson bo`lmasdan, balki doimo hursand bo`lib yurishimiz” uchun ko`rsatgan!
Manba: creu.ru
“Илм х’ак’ида к’ийин у’йланишга эга бу’лган инсон” нима дегани?
qatida?