Boeing sun’iy ongga ega jangovar dron prototipini taqdim etdi

Boeing sun’iy ongga ega jangovar dron prototipini taqdim etdi

Boeing korporatsiyasi jangovar dronlar Loyal Wingman’ning uchta prototipidan birinchisini taqdim etdi. Ushbu qurilma Avstraliya harbiy-havo kuchlari buyurtmasiga ko‘ra yaratilmoqda.

Turli davlatlar qurollanishida turgan va odam tomonidan masofadan boshqariluvchi jangovar dronlardan farqli o‘laroq, Loyal Wingman sun’iy ong bilan jihozlanadi. Bunda ham inson aralashuvi kerak bo‘lsa-da, u ancha kamayadi.

Ushbu dronlarni yaratish dasturi rahbari Sheyn Arnottning ta’kidlashicha, bunday dronlarning ommaviy ishlab chiqarilishi “2020-yillar o‘rtalarida, balki undan ertaroq” boshlanishi mumkin. Dronning sinovlari joriy yil oxirida boshlanishi kerak.

Yangi qurilmaning uzunligi 11,6 metrni, uchish uzoqligi 3,7 ming km.ni tashkil qiladi. U Boeing’ning Avstraliyadagi jamoasi tomonidan ishlab chiqilmoqda. Avstraliya harbiy-havo kuchlari loyihaga 25,7 mln dollar sarmoya kiritgan.

Sun’iy ong bilan jihozlanuvchi dronlar jangda mustaqil yoki guruhning bir qismi sifatida harakat qilishi mumkin. Bunda u boshqa samolyotlarga nisbatan xavfsiz masofani saqlay oladi.

Avstraliya harbiy-havo kuchlari vitse-marshali Ketrin Robersning aytishicha, Loyal Wingman jang sharoitida qurol tashishi va samolyotlarni himoyalashda xizmat qilishi mumkin. Bunday dronlardan 16 tagachasi uchuvchilar boshqaradigan samolyotlar bilan birgalikda u yoki bu vazifani bajarishda jangovar guruh shakllantirishi mumkin. Ta’kidlanishicha, loyihaga AQSh va Britaniyada qiziqish bildirilmoqda.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social