Kangbashi – dunyodagi eng yirik arvoh-shahar hisoblanadi.
Ko’chalar va xiyobonlar bo’sh, ofislar va savdo markazlari tashlab ketilgan. Ko’p qavatli binolar o’z odamlarni kutmoqda.
Svetoforlar ishlaydi, lekin chorrahadan o’tish uchun hech kim yo’q. Ba’zan, juda kamdan-kam hollarda, odamlar o’tib qoladi. Ular ko’pincha to’q sariq kiyimda va hududini tozalash bilan shug’ullanuvchi ishchilardir. Shahar kutubxonasi va muzeyi binosining eshiklari yopilgan.
Mazkur ulkan shaharda nima sodir bo’ldi va nima uchun hech kim yashamaydi? Kangbashi Ordos shahriga kiradi va Xitoyning Mongoliya ichidagi avtonom viloyati hisoblanadi. Shahar ko’mir sotish bo’yicha boy bo’lib, mahalliy hokimiyat bu yerga odamlarni va investitsiyalarni jalb qilish uchun butunlay yangi shaharni qurishga qaror qildi. Kangbashi maydoni – 350 kvadrat kilometrni tashkil qiladi!
Loyiha ajoyib chiqdi. Bu yerda butun infratuzilma qurilgan edi, do’konlar, vakolatxonalar va bog’lar mavjud. Hech kim hech qachon uchmagan velosipedlar ham mavjud. Daryo va ulkan Budda shaharni ikki qismga ajratib turadi.
Bir million kishiga mo’ljallangan shaharda o’ttiz ming kishiga yaqin insonlar yashamoqda.. Ba’zi boshqa hududlarida hayot bor, ba’zi hududlarida esa tirik jon yo’q.
Manba: Mirfactov