Internetdagi do’stlar bilan muloqot qilishda deyarli har bir kishi har kuni smayliklarni qo’llaydi. Biroq 👍,👋, ✌️ kabi smile liklarni yetkazib berishdan oldin diqqat bilan o’ylab ko’rish kerak. Chunki ayrim mamlakatlarda bu harakatlar tajovuzkor hisoblanishi mumkin. Shuningdek, emoji dunyodagi eng tez rivojlangan tillardan biri ekanligini hisobga olib, qaysi smaylikni qachon ishlatishni bilish juda muhim.
1. Echki
Ishlatish mumkin emas: italiyaliklar, ispaniyliklar, portugaliyaliklar, yunonliklar, argentinaliklar, braziliyaliklar, kolumbiyaliklar, kubaliklar va urugvayliklar bilan.
Nima uchun: bu smaylik ikki ma’noga ega va ulardan biri yoqimli emas. Bir tomondan, bu smaylik Italiya va boshqa O’rta yer dengizi mamlakatlarida yomonlikdan qutulish uchun ishlatiladi. Boshqa tomondan – bu ramzni Italiya, Ispaniya, Portugaliya yoki Lotin Amerikasi mamlakatlarida ma’lum bir shaxsga ko’rsatadigan bo’lsangiz, bu uning sherigi uni aldashiga ishora qiladi!
2. Silkitadigan qo’l 👋
Ishlatish mumkin emas: Xitoyliklar.
Nima uchun: qo’lni silkitish barcha madaniyatlarda do’stona imo-ishora hisoblanmas ekan. Xitoy bilan muloqot qilishda uni ishlatsangiz siz “biz endi do’st emasmiz” deb aytasiz.
3. Katta barmoqni ko’tarish
Ishlatish mumkin emas: Eronliklar, iroqliklar, afg’onlar, nigeriyaliklar.
Nima uchun: Ko’pchiligimiz ushbu smaylik bilan rozilikni yoki biror narsani qoniqtirishni ifoda etmoqdamiz. Biroq, ayrim mamlakatlarda bu ishora “yo’qol” degan ma’noni anglatadi.
4. Tinchlik
Ishlatish mumkin emas: inglizlar.
Nima uchun: Ko’pgina mamlakatlarda bu smaylik “tinchlik senga do’stim” degan ma’noni anglatadi, lekin Angliyada emas. Bu mamlakatda bu imo “yo’qol …” degan ma’noni anglatadi. Siz ingliz do’stingizga bunday smaylikni yuborsangiz va siz albatta janjallashib qolishingiz mumkin.