The Scubus kompaniyasi shu yilning noyabr` oyida dunyo bozoriga suv ostida videokamera bo`lib ishlaydigan dayving uchun niqobni taqdim etadi. Gap Scubus S moslamasi haqida ketmoqda, u 40 metr chuqurlikda ham yaxshi ishlashi mumkin.
Reklama agentligi ushbu innovatsion suv osti niqobini sotuvi haqida reklamani 10-noyabr` kuni boshlaydi, afsusku hozirda uning narxi haqida xech qanday ma`lumot yo`q.
Texnik tavsifnomasiga kelsak, 12 megapiksel`li kamera, hamda unga 16 GB xotira o`rnatilgan. Niqobda yana LED yoritgich ham mavjud. Niqobda anti tuman qoplamasi bo`lib, u har doim tiniq bo`lib qoladi.
Moslama, unga o`rnatilgan programmalar orqali boshqalarga habar yoki tez yordam haqida ma`lumotlarni jo`natishi mumkin. Shuningdek, moslama suv ostiga tushish chuqurligini, suv haroratini va soatni ko`rsatadi.