Avstraliyada, dron ilk bor “navbatchi” bo’lib chiqdi va Yangi Janubiy Uels sohillarida ikki cho’kib ketayotgan insonlarni qutqarishga yordam berdi. Cho’milgan o’smirlar qirg’oqdan 700 metr okeanga suzib ketishdi, ko’tarilgan to’lqinlar esa suzishga imkon bermadi.
Qutqaruvga uzoqdan boshqariladigan uchuvchisiz dron keldi, u shishadigan yostiqchani tashlab, ularni qaytib kelishiga yordam berdi. “Men 1-2 daqiqa ichida kerakli joyga uchib va qutqaruv vositasini tashlash imkoniyatiga ega bo’ldim” – deb bosh qutqaruvchi Jey Sheri aytib o’tdi.
Davlat hukumati qutqaruvchilari odatda suzishga o’rtacha 6 daqiqa oladi, ammo bu operatsiya faqat 70 soniya davom etdi deb tasdiqlandi. Bu holatda, huddi shu kuni ertalab qutqarish dronlari ilk bor ishlatilishi boshlangan edi.
Dron Little Ripper Life Saver kompaniyaga tegishlidir. U ixcham va juda yengil qutqaruv uskunalari (avtomatik tashqi defibrilator, nahanglarni qo’rqitadigan elektromagnit qurilma, adyol komplekti, radio va birinchi yordam uchun to’plam), ular idishlarga bo’linib, dron ustiga o’rnatilgan bo’ladi.
Otgan yil Little Ripper dronlari nahang baliqlarni aniqlash funksiyasi bilan Avstraliya okean suvlarni patrul qilishni boshladi. Sayyoh va odamlar ommaviy dam olish joylarida xavfsizligini mustahkamlash tashabbusi doirasida yirtqich baliq, qayiq, kitlar va delfinlar o’rtasidagi farqni “ko’radigan” dronlar ishlatila boshlandi.