Dubayga tashrif buyurganda albatta ko‘rish kerak bo‘lgan 5 ta diqqatga sazovor joy

Dubayga tashrif buyurganda albatta ko‘rish kerak bo‘lgan 5 ta diqqatga sazovor joy

Qaysi xorijiy davlatga tashrif buyurishni xohlaysiz, deb so‘rashsa, ro‘yxat ichida Dubayni ham tilga olishingiz aniq. Dunyoning eng ajoyib megapolislaridan biri bo‘lgan shaharda ko‘rish kerak bo‘lgan 5 ta diqqatga sazovor joylar bilan tanishamiz.

Expo City Dubai

Bir necha yil avval Dubay Butunjahon ko‘rgazmasini o‘tkazish va o‘zining innovatsion g‘oyalari va rivojlanishiga dunyo e’tiborini jalb qilish istagini e’lon qildi. Natijada Expo City nafaqat innovatsion binolar va ko‘rgazma maydonlari majmuasi, balki Dubay madaniy va ilmiy almashinuv global markaziga aylandi.

Uning hududida tabiat, inson taraqqiyoti, yangi innovatsion texnologiyalar kabi mavzularni aks ettiruvchi bir nechta maydonlar mavjud. Sayyohlar uchun eng xayratlanarli joy bu — 55 metrlik aylanuvchi Garden in the sky (“osmondagi bog‘”) kuzatuv maydonchasidir. Yuqoridan siz shaharning ajoyib manzarasini tomosha qilishingiz mumkin.

Burj Xalifa

Dunyodagi eng baland bino Burj Xalifa arab tilidan “Xalifa minorasi” degan ma’noni bildirib, balandligi 828 metr, 130 dan ortiq qavati bor. Binoni uzoqdan ko‘riboq ba’zi odamlarning boshi aylanib ketadi. Adrenalin va yangi taassurotlarni sevuvchilar uchun binoning yuqori qavatlarida maxsus tomosha maydoni tashkil qilingan. Osmono‘par binoda turli ofislar, savdo markazlari, mehmonxonalar, sport zallari, salonlar va turar joy kvartiralari mavjud. Ichkarida sizni sekundiga 18 metr tezlikda balandlikka olib chiqadigan bir nechta tezyurar liftlar xizmat qiladi.

Dubaylend

Ushbu ko‘ngilochar xiyobon Yaqin Sharqning Disneylendi deb ham ataladi. Sayyohlar u yerda xaridlar qilishi, kinoteatr yoki akvaparkka borishi, kafeda dam olishi yoki shunchaki sayr qilishi mumkin.

Dubaylend shahar markazidan taxminan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan. Ichkarida majmua yetti nafar zonaga bo‘lingan. Shuningdek, ekoturizm va sport komplekslarini ham aynan Dubaylendda topasiz. Majmua hududida Logolend nomli istirohat bog‘i mavjud. Umuman olganda, bu yerda sayyohlar faol dam olishi uchun barcha sharoitlar yetarli.

Kelajak muzeyi

2022-yilda ochilgan ushbu estetik muzey mamlakat va butun insoniyat kelajagi, ilg’or texnologiyalar va hayotning turli sohalaridagi taraqqiyotga bag‘ishlangan. 7 qavatdan iborat bino ichki tayanchlarsiz qurilgan bo‘lib, darhol sayyohlarning e’tiborini tortadi. Ustki qismi zanglamaydigan po‘lat bilan qoplangan, fasadi arab xattotligida kelajak haqidagi iboralar bilan bezatilgan.

Muzeydagi ekskursiya avval yuqori qavatdan boshlanadi. Unda kosmik tadqiqot, ekotizim, biologiya muhandisligi, sog‘liqni saqlash, energetika, robototexnika va sun’iy intellektga oid dasturlar o‘rin olgan. Eng so‘nggi — birinchi qavat bolalar uchun bag‘ishlangan maydondan iborat.

Dubay opera teatri

Dubay opera teatri 2016-yilda g‘ayrioddiy dizaynda qurilgan. Binoning tashqi ko‘rinishi shisha kemaga o‘xshab ketadi va 2000 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan hashamatli zaldan iborat. Teatr sahnasida barcha turdagi dasturlar: spektakllar, opera va balet, jahon yulduzlarining simfonik va jazz konsertlari, estrada yulduzlarining chiqishlari, ko‘ngilochar shoular o‘tkaziladi. Teatr tomida esa Sky Garden restorani joylashgan.

Kommentlar: 20 komment. 20 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Дубайга бориб куриш кере, бекорга шунга мактовла езишмаса кере

  2. Karimov

    Lekin juda issiq u yerda

  3. Shoxrux

    good good good

  4. Aziza

    Juda 4iroyli joylaga uxwidi

  5. Тимур

    Гулли пайдо булдилами?

  6. Komila

    Dubayda mazza, har yili u yerga boraman

  7. Aziza

    Yuq, haliyam javob yuq sad sad

  8. Guli

    Assalom Alaykum hammaga qalaysizlar qadrli qadrdonlarim Azizam goʻzalim qalaysiz :-)Wooooow juda chiroyli joylar meni ham borgim kelib ketdi good

  9. Aziza

    Bomiiiisiiiizzzzzz cry

  10. Aziza

    Soginib ketti odam sizzi sad

  11. Umid

    good zo’r joylar ekan

  12. Gulnora

    Dubay haqiqiy mo’jiza joy

  13. Umida

    Nasib qisa boraman u yerga

  14. Nosir

    good

  15. Madina

    Rahmat

  16. Manzura

    Vau

  17. Guli

    Assalom Alaykum Azizam Goʻzalim dugoshim ha borman shu uy bn ovoramande ustalar ham bir keladi bir kelmidi uy ham chala qoldi shu ishlardan boshlayapman yana kun boʻyi uyda bir oʻzim boʻlaman smile kiss men ham sizi rossayam sogʻindim cry

  18. Aziza

    Nime bir kelib bir keliwmidi??

  19. Guli

    Assalom Alaykum Azizam Goʻzalim dugoshim qalaysiz yaxshimisiz bilmadim 2 kun kelsa bir hafta kelmaydi nimaga men ham bilmadim

  20. Aziza

    Remont bowlandimi uzi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social