AQSHdagi stomatologiya klinikasida Olli laqabli kuchukcha ishlaydi. U bemorlarga qo‘rquvini yengishda yordam beradi

AQSHdagi stomatologiya klinikasida Olli laqabli kuchukcha ishlaydi. U bemorlarga qo‘rquvini yengishda yordam beradi

AQSHning Minneapolis shahrida “J&D Dental” klinikasida Olli laqabli kuchuk ishlaydi. U tishlarini davolatishdan qo‘rqadigan bemorlarga ruhan yordam beradi.

Bir kuni stomatolog Eypril Klaynning oilasi tishlarni tozalash uchun klinikaga tashrif buyurdi. Uning turmush o‘rtog‘i stomatologik asboblardan qo‘rqardi. Uning qo‘rquvini sezgan kuchuk bemor ustiga sakrab o‘tirib oldi va uyquga ketdi. Ollini qurilma tovushlari ham bezovta qilmadi. Eyprilning eri bundan so‘ng ancha tinchlandi va kuchukcha boshqa bezovta bemorlarga ham yordam berishi mumkinligi g‘oyasini o‘ylab topdi. Klinika rahbari bunga rozilik bildirdi va shu tariqa Olli nafaqat uy hayvoni balki stomatologlarning hamkasbiga aylandi.

Olli klinika saytidagi “J&D Dental” xodimlari ro‘yxatiga qo‘shildi. It haftada bir kun ishlaydi va har smenada sakkiz nafarga yaqin bemorni ko‘radi. U odamlarni oyoqlariga yoki ko‘kragiga yotib, tinchlantiradi. Maosh sifatida Olliga yeguliklar beriladi.

Klinikada Olli bilan davolanishga oldindan ro‘yxatdan o‘tadigan bemorlar soni kun sayin ortib bormoqda, ammo kuchuk egalari uni ortiqcha bezovta qilmaslik uchun haftada bir kun ishlashi yetarli, deb hisoblaydilar.

Jurnalistlarga javoban, bemorlar Olli ishlagan kuni tish shifokoriga tashrif buyurish yanada qulayroq bo‘lishini aytishdi. Hatto tishlarini davolashdan qo‘rqmaydiganlar ham itni ko‘rish uchun klinikaga tashrif buyurar ekan.

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Красавчик!!!

  2. Aziza

    Namun4a wirintoy bumasa kiss

  3. Otabek

    Kuchukdan qo’rqadiganlar bo’lsachi? laugh

  4. Nbveh

    Кучудан куркса, стоматологдан куркмиди)))

  5. Aziza

    rofl rofl

  6. Aziza

    Gulli dugonajonim! Qayerdasz?

  7. Sarvinoz

    Asal it heart

  8. Mansur

    Yaxshi o’ylab topishibti

  9. Laylo

    kiss kiss

  10. Nodira

    Asaltoychik heart kiss

  11. Anonim

    heart

  12. Malika

    Namuncha shirintoy kuchuk bo’lmasa

  13. Komila

    kiss

  14. Farruh

    AQSHda odamlar haqida qayg’urishadi, bizda esa…

  15. Anonim

    heart heart

  16. Anonim

    Klass good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social