EChL finali uchun “adidas” dan maxsus to`p

Shu yilning 25 may kuni Angliyadagi Uembli stadionida EChL ning navbatgi final o`yini bo`lib o`tadi. Finalda Germaniyaning ikki klubi – “Borussiya” hamda “Bavariya” turnir g`olibligi uchun maydonga tushadilar. Ushbu o`yinga “adidas” firmasi maxsus to`plarni tayyorladi. Kuni kecha esa “adidas” firmasi ushbu to`pni ommaga namoyish qildi.

Ushbu o`yingohda Evropa klublari o`rtasidagi turnirning ilk final o`yini 1963 yilda, ya`ni bundan 50 yil oldin o`tkazilgandi. “adidas” firmasi aynan mana shu sanani ham e`tiborga olgan holda to`pda 1963 sonini aks ettirgan. 

1963 yili Uemblida bo`lib o`tgan birinchi final o`yinida Italiyaning “Milan” klubi Portugaliyaning “Benfika”sini 2-1 hisobida dog`da qoldirgandi. Ushbu muhtasham stadionda shu kungacha jami 6 marta final uchrashuvi o`tkazilgan, bu yil esa ettinchi finalga guvoh bo`lamiz.

1

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. жуда киззик уйин буларкан, футболчилар Nike бутсаларини кийиб Adidas тупларини роса тепарканда

  2. Kristi_Ronaldo

    uzi xar doyim shunday bub kelgan

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social