Farer orollarida istiqomat qiluvchilar sayyohlarni jalb qilish uchun shaxsiy loyiha, “Sheep Vew 360” ni yaratishdi. Unda qo’ylarga panorama videokameralar o’rnatiladi va ular mahalliy yerlarni aylanib chiqishadi. Suratga olingan materiallar YouTubeda yaratilgan “Visit Faroe Islands” (Farer orollariga keling) kanalida joylashtiriladi. Google Street View hozirgacha orollarga kelmagan edi, mazkur orol Atlantik okeanida, Shotlandiya va Islandiya orasida joylashgan.
Farer orolning nomi tarjima qilinganda “Qo’ylar oroli” nomiga ega bo’ladi va bu oddiy narsa emas. XIX asr o’rtalarigacha Farerda qo’ylar boqish eng yaxshi ish bo’lgan. Ushbu narsa hozirgacha ham mavjud. Hozirda orolda 80 ming qo’ylar “yashamoqda” va faqatgina 50 ming insonlar yashaydi.