Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o`yinchilar ishlab chiqaradigan kinetik quvvat orqali yoritadigan futbol maydoni qurildi. Noyob futbol maydonining ochilish marosimida mashhur braziliyalik futbolchi Pele ham qatnashgan.
Gazon ostida ikki yuz plitalar joylashgan bo`lib, ular elektr quvvatni maydonda harakatlangan o`yinchilardan oladi va kunduz kuni ularga yana maydon chetlarida o`rnatilgan quyosh batareyalar ham yordam beradi. Shunday qilib, futbolni endi kecha-kunduz o`ynasa bo`ladi va elektroenergiyaga sarflanmaydi.
Shunday panellar Evropadagi bir necha temir yo`l stantsiyalariga, Avstraliyadagi savdo markazlarida va Londondagi Xitrou aeroportda ham o`rnatilgan, biroq futbol maydon kurilishida bu narsa birinchi marotaba ishlatildi.
mana jahon chempionatdan keyin braziliya xam ekkonomiya qilishni urganadi