Google Korporatsiyasi inson hayotining barcha sohalariga kirishda davom etmoqda. 2015-yilning ohirigacha Google butun dunyo bo`ylab o`zining tez ovqatlanish restoranlarini ochmoqchi.
Hozirgi vaqtda shu ma`lumki, Google restoranlarining menyusi boshqa mashhur fast-fud tarmoqlarinikidan farqi bo`lmaydi. Menyudagi asosiy ovqatlar “Guglburgerlar” va “Guglshaurmalar” bo`ladi.
Shu bilan birga kompaniya fast-fud zarari haqida bo`lgan gapni o`zgartirmoqchi. Buning uchun «Google Ovqat» mobil ilova ustidan ish olib borilmoqda va u orqali foydalanuvchi oldindan kerak bo`lgan kaloriyani va ovqatda kimyoviy tarkibini o`zgartirishi mumkin. Takliflarga ko`ra maxsus oshpazlar ovqatlarning vaz`nini va tarkibini o`zgartiradi.
Shunday kilib foydalanuvchilar, masalan, kam kaloriyalik uglevodsiz yog`siz guglburgerga va diet kofeinsiz guglkolaga buyurtma berishlari mumkin. Ovqat bilan birga kompaniyaning biometrik xizmatlari ham ishlashi kutilmoqda.
Bolalar menyusi haqida hech qanday ma`lumotlar berilmagan, biroq xar bir restoranda bolalar xonasi bo`lishi haqida ma`lumotlar mavjud. U erda Android robot kiyimida bo`lgan tarbiyalovchi bolalarni “Java” dasturini tuzishga o`rgatar ekan.
Shunday qilib, gigant Google insonlarni hayratda qoldirishda davom etmoqda.
bizaga qachon kelakan? endi lavash centerni kuni bitibdi